UCG «Yashil makon» loyihasida ishtirok etadi

A A A
UCG «Yashil makon» loyihasida ishtirok etadi

United Cement Group xalqaro sement xoldingi O‘zbekiston prezidentining ekologik tashabbusi - «Yashil makon» umumilliy loyihasida ishtirok etadi.

United Cement Group (UCG) xoldingi tarkibiga kiruvchi O‘zbekistonning yetakchi zavodi «Qizilqumsement» AJ 2023 yil bahorida 3000 tup qayrag‘och va boshqa manzarali daraxtlar, shuningdek, Respublikaning Navoiy viloyatida 200 tup saksovul ko‘chatini o‘tqazdi. Bu UCG xoldingining O‘zbekistondagi sanoat korxonalari joylashgan tumanlarini ko‘kalamzorlashtirishga qaratilgan «Yashil makon» loyihasidagi faol ishtirokining navbatdagi bosqichidir.

Avvalroq, 2022 yil kuzida UCG ko‘magi bilan to‘liq hajmda bajarilgan investision majburiyatlar realizasiyasi doirasida korxonaning sanitar-muhofaza hududida 11 gektar maydonda 3200 tup daraxt ko‘chati o‘tqazildi va 500 kg buta urug‘lari ekildi. Biroq xolding jamoasi bu bilan to‘xtab qolgani yo‘q va respublikadagi ekologik dasturlari qo‘llab-quvvatlashni davom ettirmoqda.

«Yashil makon» loyihasi davlat rahbari Shavkat Mirziyoyevning «Respublikada ko‘kalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish, daraxtlar muhofazasini yanada samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoniga muvofiq yo‘lga qo‘yildi. Prezidentning ekologik tashabbusining bu qismi doirasida respublikaning issiq iqlimida texnogen ta’sir hamda issiqxona effekti oqibatlarini yumshatish maqsadida butun O‘zbekiston bo‘ylab 2026 yilga borib bir milliard daraxt va butalar ekilishi ko‘zda tutilgan. Moslashuvchan manzarali daraxtlar va butalar ko‘p miqdorda changni yutishga, ekotizimni asrashga va havoning o‘rtacha haroratini ushlab turishga yordam beradi.

«UCG xoldingi mahalliy hokimiyat organlari, ekologik tashkilotlar va viloyat fuqarolari bilan hamkorlikda “Yashil makon” loyihasiga faol kirishdi, — so‘zlab beradi «Qizilqumsement» AJ bosh direktori Sergey Melnikov. — Ishlab chiqarish joylashgan hudud ekologiyasi haqida qayg‘urish bu bizning ichki siyosatimiz va yuksak ekologik va ijtimoiy mas’uliyatimizga to‘la mos keluvchi zamonaviy sement sohasining trendi hisoblanadi. Xoldingga qarashli barcha zavodlar yashil texnologiyalarga e’tibor qaratgan holda, atrof muhitga ta’sirni kamaytiruvchi innovasiyalarni joriy etish asosida modernizasiya qilinmoqda. Navoiy viloyatini ko‘kalamzorlashtirish orqali biz O‘zbekiston tabiati va ekologiyasi muhofazasiga hissa qo‘shdik».

Navoiy viloyati cho‘lli va qurg‘oqchil iqlimga ega. Suv tanqisligi tufayli UCG mutaxassislari tomonidan ilg‘or sug‘orish metodlari qo‘llanilgan: har biri 60 tonnadan bo‘lgan ikkita rezervuardan tomchilab sug‘orish tizimi o‘rnatilgan. Bu tufayli korxona bu yil tarvuz, qovun va qovoq ekishi mumkin va bu o‘z navbatida ekologiyaga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. «Qizilqumsement» AJ chiqindilarni utilizasiya qilish dasturida, shuningdek, mahalliy ekoturistik yo‘nalishlarni rivojlantirishda faol ishtirok etadi. Atmosferaga zararli moddalarni chiqarish va chiqindilarning ruxsat berilgan chegarasi normativlariga amal qilishni doimiy ravishda zavod va xoldingdagi maxsus bo‘lim nazorat qiladi.

«O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning ekologik tashabbusi bizning qadriyatlarimiz hamda energiya samaradorligini oshirish, atmosferani ifloslantirishni qisqartirish, yashil texnologiyalarni joriy etish kabi jahon barqaror rivojlanish standartlariga munosib bo‘lish zarurati bilan mos keldi, — deydi Sergey Melnikov. — O‘zbekiston Respublikasida fuqarolarning hayot darajasini oshirish, shaharlarda havo sifatini yaxshilash va tabiatni muhofaza qilish yo‘nalishi belgilangan. “Yashil makon” loyihasi Iqlim o‘zgarishlari oqibatlarini yumshatish va iqlim ta’sirlariga moslashish bo‘yicha Parij bitimi doirasida mamlakat majburiyatlarining bajarilishiga xizmat qiladi. “Yashil makon” loyihasi — biznes, davlat va jamiyat o‘rtasidagi samarali hamkorlikning namunasi va UCG O‘zbekistonning qator sement korxonalari egasi sifatida uni qo‘llab-quvvatlashga tayyor».

«Qizilqumsement» AJ kelgusida ham «Yashil makon» loyihasini amalga oshirishda va viloyatdagi ekologik vaziyatni yaxshilashga intilishda davom etadi. UCGning muvaffaqiyatli va mas’uliyatli ijtimoiy faoliyati O‘zbekistonning boshqa sanoat korxonalari uchun o‘rnak hamda faol ishtirok etish uchun chaqiriq bo‘lishi lozim.

UCG haqida ma’lumot

United Cement Group (UCG) xoldingi – Markaziy Osiyoning O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Qozog‘istonda faoliyat yurituvchi eng yirik sement xoldingi. Guruh korxonalari sementning umumiy qurilish va eng yuqori sifatli maxsus markalarini ishlab chiqaradi hamda ular mintaqadagi tayanch infrastruktura ob’ektlari qurilishida keng qo‘llaniladi. Guruh ijtimoiy masalalar, ekologiya va energiya samaradorligiga alohida e’tibor qaratgan holda biznes o‘sishining yuqori dinamikasini namoyon etmoqda. UCG zavodlarni mamlakat iqtisodiyoti tarmoqlarining sementga bo‘lgan talabini qondirishga va xalqaro bozorning asosiy o‘yinchilariga aylanishga qodir zamonaviy ishlab chiqarish ob’ektlariga aylantirish uchun ularning kapital moderniyazasiyasini o‘tkazmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Abduqodir Husanov ota-onasiga 330 ming dollarlik villa sovg‘a qildi

Бу ҳақда компания асосчиси Марат Хайруллаевич ўзининг шахсий Instagram саҳифасида очиқлади.

O‘zbekistonlik ikki futbolchi Portugaliya klubiga yo‘l olmoqda

Ўзбекистон ёшлар терма жамоаси футболчилари Садриддин Хасанов ва Сайфиддин Содиқов Португалиянинг "Брага" клубига ўтиши мумкин.

Koreyada vafot etgan o‘zbekistonlik qiz haqida rasmiy bayonot berildi

Ҳозирда тергов ҳаракатлари давом этмоқда. Ўзбекистоннинг Сеулдаги элчихонаси мазкур ҳолатни назоратга олган бўлиб, Корея томони билан ҳамкорликни давом эттирмоқда.

Chess.com Open-2026 onlayn turniri. Sindarov musobaqani tark etdi, Abdusattorov JCh yo‘llanmasi uchun kurashni davom ettiradi

Нодирбек Абдусатторов ва Жавоҳир Синдаров дунёнинг энг йирик онлайн шахмат турнирларидан бири — Chess.com Open 2026 мусобақасида иштирок этди.

Zo'r TV bugun «Barselona» va «Manchester Siti» ishtirokidagi o‘yinlarni jonli translyasiya qiladi

Zo'r TV телеканали бугун — 2026 йил 25-апрель, шанба куни қуйидаги кўрсатув ва трансляцияларни эфирга узатишни режалаштирган.

Eron Isroil bilan aloqa qilganligi uchun yuqori lavozimli amaldorni qatl qildi

Бу ҳақда Эроннинг расмий суд портали хабар бермоқда.

“Katta jarimalar bo‘ladi”: Soliq qo‘mitasi raisi umumiy ovqatlanish korxonalarini biznesni bo‘lmaslikka chaqirdi

Фаррух Пулатовнинг айтишича, Тошкентдаги 419 та умумий овқатланиш корхонаси ҚҚСдан қочиш учун ўз номига ёки ходимлари номига ЙТТ очиб, чекларни улар номидан бермоқда.

O‘zbekistonda sotilayotgan to‘rt Xitoy o‘yinchog‘ida xavf aniqlandi

Болалар ўйинчоқларида хавф аниқланди.

Pep Gvardiola terma jamoani qabul qilib olishga tayyor

Хосеп Гвардиола аввалроқ фаолиятининг қайсидир босқичида миллий терма жамоада ишлаш истаги борлигини айтган эди.

Ekspert Husanovni “Real” yulduzidan yuqori baholadi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусанов айни пайтда фаолиятидаги сезиларли ўсишни намойиш қилмоқда.

Uganda prezidentining o‘g‘li Turkiyadan 1 mlrd dollar va eng go‘zal qizni talab qilmoqda

Уганда президентини ўғли, армия қўмондони Муҳузи Кайнеругаба Туркияга нисбатан баҳсли баёнот билан чиқди.

Javohir Sindarov va ijtimoiy tarmoqlarni portlatgan surat

Бу лавҳа ҳар икки давлат фойдаланувчилари ўртасида қизғин муҳокамаларга сабаб бўлди.

Tehronda Oliy rahbar vafoti munosabati bilan katta motam marosimi bo‘lib o‘tmoqda

Мотам санаси Эрон ва АҚШ ўртасида икки ҳафталик сулҳ бошланиши билан бир вақтга тўғри келди.

Millioner! Husanov “Siti”da jami qancha maosh oladi?

Франциянинг L’Équipe спорт нашри Англия Премьер-лигасидаги энг юқори маош олувчи 5 нафар футболчидан иборат рейтингни эълон қилди.

Gvardiola golda Husanovni aybladi

«Манчестер Сити» бош мураббийи Пеп Гвардиола «Арсенал»га қарши кечган баҳсдаги (2:1) Жанлуижи Доннарумманинг хатоси ҳақида гапирди.

Gvardiola himoyachisining o‘yinidan hayratda: «U dunyoning eng yaxshilaridan biriga aylanmoqda»

«Манчестер Сити» бош мураббийи Хосеп Гвардиола жамоа ярим ҳимоячиси Матеус Нунеснинг янги позициядаги ҳаракатларига юқори баҳо берди.

Putin Primakovni lavozimidan ozod qildi

Примаков агентликни 2020 йилдан бери бошқариб келаётган эди.

"Gulnora Karimovaning Shveysariya sudida to‘liq oqlanishiga erishmoqchimiz"

Адвокат Грегуар Манжа Каримованинг Швейцариядаги суд жараёнида қатнашиш имконияти чекланганини билдирган.

Estoniya prezidenti Rossiya bilan aloqani tiklashga chaqirdi

Эстония президенти, шунингдек, Европа Иттифоқининг Россия билан музокаралар бўйича махсус вакилини тайинлаш ғоясини ҳам қўллаб-қувватлаган.

Prezident Marg‘ilondagi 1,7 trln so‘mlik majmuani borib ko‘rdi

Президент Шавкат Мирзиёев Қува туманидаги 1-сонли техникумда ёшларни замонавий касблар ва хорижий тилларга ўқитиш ишлари билан танишди.

Evropa Ittifoqi Ukrainadagi mojaroni cho‘zmoqda, Rossiya esa kuchaymoqda

Бу фикрни британлик ҳарбий таҳлилчи Александр Меркурис YouTube’даги чиқишида билдирди.

Ziroat Mirziyoyeva Xivaning yangi yashil jamoat makonini barpo etishda ishtirok etdi

Яқин-яқингача бўш турган қарийб 8 гектарлик майдонга ҳудуднинг табиий-иқлим шароитидан келиб чиқиб танланган 3 минг тупдан ортиқ дарахт ва ўсимлик кўчатлари ўтқазилмоқда.

Toshkentda yuk poyezdi 22 yoshli yigitni urib yubordi

Машинист темир йўлдаги одамни тахминан 500 метр масофадан пайқаган, бироқ поездни тўхтатишга улгурмаган.

Andijonda “Haj” ziyoratiga yubormoqchi bo‘lgan firibgar ushlandi

Тезкор тадбирда, у олдиндан 9 минг доллар олган вақтида ашёвий далиллар билан ушланди.

NATO sammitlari qisqaradimi? Ittifoq ichidagi ziddiyatlar ortida yangi reja

Бу ҳақда Reuters манбаларга таяниб хабар берди.

Isroil Livanda hujumlarni kuchaytirdi: “Hizbulloh” ob’ektlari yo‘q qilinmoqda

Исроил армияси Ливан жанубидаги амалиётларини давом эттириб, “Ҳизбуллоҳ” позицияларига навбатдаги зарбалар берди.

Slovakiya YEIga qarshi: Rossiya gaziga taqiq ustidan sudga shikoyat qildi

Бу ҳақда мамлакат Адлия вазирлиги маълум қилди.

Hindistonda bortida 232 nafar yo‘lovchi bo‘lgan samolyot dvigateli yonib ketdi

Swiss Airlines авиакомпанияси воқеа ҳақида хабардорлигини, ҳозирда двигатель ишдан чиқиши ва ёнғин сабаблари текширилишини маълум қилди.

Moskvada qor yog‘ishi oqibatida daraxtlar quladi, Vnukovoda esa reyslar bekor qilindi

Москва вилоятининг Дубна ва Домодедово шаҳарларида қор ёғиши ва дарахтлар қулаши оқибатида электр таъминоти қисман узилди.

Qo‘qonda do‘konda yong‘in chiqdi

Билдирилишича, ҳодиса оқибатида жабрланганлар йўқ. Ёнғиндан дўконнинг 400 квадрат метр майдони сақлаб қолинган.

Suv uchun janjal: Afrikada 42 kishi halok bo‘ldi

Бу ҳудудда сув, ер ва чорва моллари учун жамоалар ўртасидаги тўқнашувлар тез-тез содир бўлиб туради.

Toshkent xalqaro aeroportida 4 nafar qizlarni Dubay shahriga olib ketayotgan ayol ushlandi

Амалдаги қонунчиликка мувофиқ, бу турдаги жиноятлар учун 5 йилдан 10 йил муддатгача озодликдан маҳрум қилиш жазоси белгиланган.

Andijonda attraksion qulab, 7 kishi jarohatlandi

Бироқ, тасдиқланмаган манбаларга кўра, ҳодиса натижасида камида 7 киши жароҳатланган.

Malidagi harbiy bazalarga qurolli hujumlar uyushtirildi

​Кузатувчилар буни сўнгги йиллардаги энг йирик ва мувофиқлаштирилган амалиёт сифатида баҳоламоқда

Andijonda hajga yuborish evaziga 18 ming dollar talab qilgan shaxs ushlandi

Фуқаро ҳаж зиёрати учун Саудия Арабистонига юборишини айтиб, келишилган пулдан 9 000 АҚШ долларини олган вақтида ашёвий далиллар билан ушланган.

Tadbirkordan 63 ming dollar talab qilgan FVV mansabdoriga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Мансабдор шахс ноқонуний ҳаракатларини давом эттириб, масъулияти чекланган жамият раҳбаридан қолган 39 минг АҚШ долларини ҳам беришини сўраган.

Samarqandda ikki nafar qiz vasiysi tomonidan jismoniy va ruhiy zo‘ravonlikka uchradi

Болаларга етказилган тан жароҳати даражасини аниқлаш юзасидан суд-тиббиёт экспертиза тайинланган.

Donald Trampga suiqasd uyushtirildi (video)

Бу ҳақда C-SPAN хабар бермоқда.

Isroil zarbalari: Livanda qariyb 2,5 ming kishi halok bo‘ldi

Маълум қилинишича, ҳужумлар оқибатида тинч аҳоли орасида қурбонлар сони юқори бўлиб қолмоқда.

Livanda ko‘chirilgan ayollar uylariga qaytmoqda: “Hamma joyda vayronagarchilikni ko‘rdim”

2026 йил март ойида Ливандаги можаро кучайиши ортидан 1 миллиондан ортиқ одам ўз уйини тарк этди. Улардан тахминан 620 мингини аёллар ва қизлар ташкил этди.