O‘zbekistonda ilk bor Gastronomik turizm assosiasiyasi ochildi.
Assosiasiya O‘zbekistonning jahon gastronomik turizmi bozoriga chiqishi, xalqaro miqyosda ommalashgan gastronomik sayyohlik infratuzilmalarini yaratishni maqsad qilgan.
«O‘zbek taomlari turistlarni jalb qiluvchi asosiy detallardan biridir. Gastronomik assosiasiya O‘zbekistonning gastronomik brendlarini yaratish va ommalashtirishni ham ko‘zda tutadi. Shuningdek, o‘zbek milliy taomlari tarixini xorijiy sayyohlarga tanishtiradigan “O‘zbek milliy gastronomiyasi muzeyi” tashkil etiladi», – deydi assosiasiya raisi Gulnoza Odilova.
Gastronomik assosiasiya O‘zbekistonda sayyohlik mavsumini uzaytirish maqsadida har yili noyabr oyida «Lazzatli O‘zbekiston» xalqaro milliy taomlar festivalini tashkil qiladi. Xorijiy davlatlarda O‘zbekistonning gastronomik jozibasini targ‘ib etuvchi media event va haftaliklar o‘tkazadi.
Bundan sal avval mehmonxona xizmatlarini kengaytirish va yaxshilashga yo‘naltirilgan Otelyerlar assosiasiyasi ham tuzilgandi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.
Эрон Олий Миллий Хавфсизлик Кенгаши котиби Али Ларижоний АҚШ ва Исроил ҳужуми бошланганидан бери ҳеч бир мусулмон давлати Эронга ёрдам бермаганини айтди.