To‘rt kunlik ish haftasiga o‘tish: xayolmi yoki haqiqat?

A A A
To‘rt kunlik ish haftasiga o‘tish: xayolmi yoki haqiqat?

Bugungi kunda milliy iqtisodiyotni harakatlantiruvchi eng muhim omillardan biri bu mehnat va hayotiy qadriyatlarni muvaffaqiyatli ravishda uyg‘unlashtirishdir. O‘tgan asrda taniqli iqtisodchi Jon Meynard Keyns kelajakda avtomatlashtirish, yangi texnologiyalarga o‘tish va mehnat unumdorligini oshirish orqali odamlar haftasiga atigi 15 soat ishlaydi, deb bashorat qilgandi.

Evropa davlatlari dunyoda ish vaqtini qisqartirish bo‘yicha yetakchi hisoblanadi. IHTT ma’lumotlariga ko‘ra, Yevropa mamlakatlarida o‘rtacha ish haftasi 37 soatni tashkil qiladi. Eng qisqa ish haftasi Norvegiya (33,5), Daniya (32,5) va Niderlandiya (29,4) kabi mamlakatlarda kuzatiladi. Bugungi kunda dunyoda o‘rtacha ish haftasi 40 soatni tashkil qiladi. Biroq, so‘nggi o‘n yil ichida ish beruvchilar tomonidan dunyo bo‘ylab xodimlar uchun to‘liqsiz ish kuni va moslashuvchan ish jadvalini joriy etish tobora ommalashmoqda. Bandlikning ushbu usulidan ayniqsa, koronavirus pandemiyasi davrida keng foydalanildi.

Shuningdek, aholisi dunyoning qolgan qismiga qaraganda ko‘proq ishlaydigan davlatlar ham yo‘q emas. Kolumbiya (haftasiga 47,6 soat), Turkiya (46,4), Meksika (44,9) va Kosta-Rika (43,6) shunday mamlakatlar sirasiga kiradi. Tadqiqotlar ish kunining hozirgi sakkiz soat va undan ortiq me’yori nafaqat ishlaydigan odamning sog‘lig‘i, balki uning mehnat unumdorligiga ham ta’sir qilishini ko‘rsatdi. Masalan, qo‘shimcha ish vaqti sezilarli darajada yuqori bo‘lgan Yaponiyada ish joyida hayotdan ko‘z yumish bilan bog‘liq holatlar ancha keng tarqalgan hodisaga aylandi. Ular hatto buning uchun atama ham o‘ylab topdilar - karosi.

Ma’lumot uchun: Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining Xalqaro mehnat tashkiloti bilan birgalikda hisob-kitoblariga ko‘ra, 2016-yilda dunyoda qariyb 400 ming kishi haftasiga 55 soat va undan ortiq ishlashi oqibatida insultdan, 350 ming kishi yurak-qon tomir kasalliklaridan vafot etgan. 2000-2016 yillarda uzoq davom etgan mehnat natijasida kelib chiqqan yurak-qon tomir kasalliklaridan vafot etganlar soni 42 foizga, insultdan vafot etganlar soni esa 19 foizga oshgan.

Ish kunini qisqartirish g‘oyasi XXI asr boshidan beri ko‘plab mamlakatlarda muhokama qilinmoqda va sinovdan o‘tkazilayapti. 2016-yilda Islandiyada bir necha kompaniyada xodimlarning ish haftasi 4-5 soatga qisqardi – biroq unumdorlik bir xil darajada saqlanib qoldi. Bundan tashqari, xodimlarning ishdan qoniqish darajasi oshdi, sog‘lig‘i sababli mehnatga layoqatsizlik kunlari kamaydi va umumiy farovonlik darajasi oshdi.

2018-yilda Perpetual Guardian (Yangi Zelandiya) birinchilardan bo‘lib tajriba o‘tkazdi va to‘liq ish haqini saqlab qolgan holda ish haftasini 4 kungacha qisqartirdi. Ushbu tajriba Oklend texnologiya universiteti olimlari tomonidan nazorat qilindi. Tadqiqot natijalari kompaniyada mehnat unumdorligi 20 foizga oshgani, xodimlarning stress darajasi 45 foizdan 38 foizga kamaygani, ish va shaxsiy hayot o‘rtasidagi muvozanat 54 foizdan 78 foizga yaxshilanganini ko‘rsatdi.

Shvesiyaning Gyoteborg munisipalitetida ikki yildan ortiq vaqt davomida bir nechta kompaniya ish haqini kamaytirmasdan, 6 soatlik ish kunini qo‘lladi. Tajriba muvaffaqiyatli o‘tdi va shaharda 17 nafar hamshira uchun qo‘shimcha ish o‘rni yaratildi. Bu esa kasallik varaqasi bo‘yicha xarajatlarni qisqartirish va mehnat madaniyati haqida global munozarani qo‘zg‘atdi, biroq bu yondashuvni butun munisipalitetda qo‘llash juda qimmatga tushdi.

Bunday tajribalar juda ko‘plab mamlakatlarda o‘tkazib kelinmoqda. Samaradorlik yuqori bo‘lishiga qaramasdan, aksariyat davlatlar va kompaniyalar 4 kunlik ish haftasiga to‘liq o‘tishni rad etayapti. Buning asosiy sababi – katta xarajatlardir. Chunki yangi tizimga o‘tish davrida maoshlar bir xil darajada qolishi talab etiladi.

Rossiyalik ekspertlarning fikricha, Rossiyada to‘rt kunlik ish haftasiga o‘tish halokatli oqibatlarga olib kelishi mumkin. "Agar ish haqi bir vaqtning o‘zida pasaymasa, bu ish kuchining 20 foizga qimmatlashishiga olib keladi. Bu esa mehnat bozorida ham, umuman iqtisodiyotda ham keng ko‘lamdagi halokatli oqibatlarga olib kelishi mumkin va ayniqsa ishsizlik darajasi oshishiga sabab bo‘ladi. Agar ish haqi kamaysa, bu aholining qashshoqlashishiga, turmush darajasi va yalpi ichki mahsulotning keskin pasayishiga olib keladi. Ish kunlarini qisqartirish tashabbusi “bosh og‘rig‘i” va “haqiqatga umuman to‘g‘ri kelmaydigan g‘oya” - deydi Kapelyushnikov.

PMTI ekspertlari dunyoning turli mamlakatlarida bir ishchiga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha yillik ish vaqti va bir soatlik ish vaqtiga to‘g‘ri keladigan YAIM o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqlash uchun tahlil o‘tkazdi. Ma’lumotlar bazasiga odamlar haftasiga 32 soatdan ortiq ishlamaydigan va 40 soatdan ortiq ishlaydigan davlatlar (Kolumbiya, Turkiya, Meksika) kiritildi.

Korrelyasion tahlil natijalari shuni ko‘rsatdiki, bir soatlik ish vaqtiga to‘g‘ri keladigan YAIM hamda haftalik ish soatlari (0,027) o‘rtasida hech qanday bog‘liqlik yo‘q. Ushbu ko‘rsatkich odamlar haftasiga 35 soat yoki undan kam ishlaydigan mamlakatlarda ham, haftasiga 40 soat yoki undan ko‘proq ishlaydigan mamlakatlarda ham o‘zaro bog‘liq emas.

Shunday qilib, ish haftasining davomiyligi mehnat unumdorligiga sezilarli ta’sir ko‘rsatmaydi. O‘z navbatida, mehnat unumdorligini oshirish boshqa ko‘plab omillar (bajarilgan ish sifati, xodimlarning malakasi, xodimlarning ruhiy holati va boshqalar) kombinasiyasiga bog‘liq.

1-rasm

Yillik ish soatlari va bir soatlik ish vaqtiga to‘g‘ri keladigan YAIM o‘rtasidagi bog‘liqlikning tarqoq diagrammasi

To‘rt kunlik ish haftasiga o‘tish: xayolmi yoki haqiqat?

Dunyoning ko‘plab davlatlari ish haftasini qisqartirishni samarali yo‘llar bilan sinab ko‘rayotgan bir paytda, O‘zbekiston aholisi me’yordagidan ko‘proq ishlamoqda. Bu holat fuqarolarning dam olish va hordiq chiqarish huquqi, shu jumladan, ish kuni va haq to‘lanadigan ta’tillarni samarali cheklash bo‘yicha ijtimoiy huquqlari kafolatlarini qonun bilan mustahkamlashga oid masalalarni hal qilishni taqozo etadi. Shunday qilib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 38-moddasiga tegishli o‘zgartirishlar kiritilishi jamiyatning qulay mehnat sharoitlari hamda mehnatga layoqatliligini tiklashga bo‘lgan huquqlari asosiga aylanadi.

O‘zbekistonliklar ham Yevropa davlatlari aholisi kabi haftada 4 kun ishlasa nima bo‘ladi?

O‘zbekistonning Yevropa amaliyotidagidek 4 kunlik ish haftasiga o‘tishi qanday oqibatlarga olib kelishi mumkin? Ushbu masalani ilmiy nuqtai nazardan ko‘rib chiqish maqsadga muvofiq. Buning uchun, birinchi navbatda, ish haftasining qisqarishi mehnat unumdorligiga qanday ta’sir qilishi mumkinligini tahlil qilish zarur.

O‘zbekistonda 4 kunlik ish haftasining mehnat unumdorligiga ta’sirini tahlil qilish uchun PMTI mutaxassislari respublika bo‘yicha mehnat unumdorligi va bir soatlik ish vaqtidagi mehnat unumdorligini hisoblab chiqdi.

Korrelyasion tahlil natijalariga ko‘ra, mehnat unumdorligi va ish soatlari o‘rtasida bog‘liqlik mavjudligi aniqlandi – korrelyasiya koeffisiyenti - 0,40. Shunday qilib, O‘zbekiston sharoitida 4 kunlik ish haftasiga o‘tish bo‘yicha jahon amaliyotini iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida qo‘llash maqsadga muvofiq emas. Hisob-kitob natijalariga ko‘ra, sanoatda ish soatlari va mehnat unumdorligi o‘rtasidagi korrelyasiya koeffisiyenti - 0,45 ni tashkil etdi. Bu yuqori korrelyasiyani tasdiqlaydi. Buning asosiy sabablari ishlab chiqarishning to‘liq avtomatlashtirilmaganligi, deb hisoblaymiz.

Ma’lumot uchun: Mehnat unumdorligini hisoblash usuli

Mehnat unumdorligi ishlab chiqarilgan mahsulot hajmining (jismoniy yoki pul ko‘rinishida) ushbu mahsulot hajmini ishlab chiqarishda ishtirok etgan xodimlarning o‘rtacha soniga nisbati

Ish soati uchun mehnat unumdorligini hisoblash:

MU = MH / Tsoat,

bu yerda:

MU – bir ish soati uchun mehnat unumdorligi;

MH - ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi;

Tsoat - ma’lum hajmdagi mahsulot ishlab chiqarish uchun sarflangan ish soatlari soni.

Shunga qaramay, PMTI mutaxassislari 4 kunlik ish haftasi qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan sohalarni aniqlashga harakat qildi. Bu nomoddiy ishlab chiqarish sohalari ya’ni, IT sohasi, banklar, ta’lim, sog‘liqni saqlash, shuningdek, ilm-fan bilan bog‘liq sohalardir. Shu bilan birga, aytib o‘tish joizki, IT sohasidagi xodimlarining aksariyati ancha moslashuvchan ish tartibiga ega. Banklarning 4 kunlik ish haftasiga o‘tishi moliyaviy operasiyalarni sekinlashtirishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq ishi hissiy, aqliy, asabiy taranglikni kuchaytirish bilan bog‘liq bo‘lgan tibbiyot xodimlari va o‘qituvchilar uchun ish vaqti haftasiga 36 soatdan ko‘p bo‘lmagan miqdorda belgilangan (Mehnat kodeksining 118-moddasi). Biroq, tahlil natijalariga ko‘ra, ta’lim (korrelyasiya koeffisenti -0,15), sog‘liqni saqlash (-0,21), IT sohasi (-0,09), ilmiy faoliyat (-0,07) va moliya tizimida (-0,06) ish soatlari va mehnat unumdorligi o‘rtasida korrelyasion bog‘liqlik mavjud emas. Bu esa o‘z navbatida ushbu sohalarda ish vaqtini qisqartirish imkoniyatlari mavjud ekanligidan dalolat beradi.

Tahlil natijalari mehnat faoliyatining bir yilda qancha davom etishi mehnat unumdorligiga ta’sir qiluvchi yagona va asosiy omil emasligi, ammo ularning o‘zaro bog‘liq ekanligi va bunga shubha yo‘qligini ko‘rsatdi. Pandemiya sharoitida ko‘plab korxonalarning o‘z xodimlarini noilojlikdan masofadan ishlashga o‘tkazishi ushbu bandlik turi samarali ekanligini ko‘rsatdi va butun dunyo bo‘ylab bandlikning turli shakllaridan foydalanish imkonini berdi.

Yuqoridagi hisob-kitoblar shuni ko‘rsatadiki, mehnat unumdorligini sifat jihatidan yanada oshirish va xodimlarning mehnat va dam olish vaqtini uyg‘unlashtirish nuqtai nazaridan ish haftasini qisqartirish uchun shart-sharoitlar mavjud. Buni bir necha usul bilan amalga oshirish mumkin:

- to‘rt kunlik ish haftasiga o‘tish;

- xodimlarni qo‘shimcha "o‘zgaruvchan" dam olish kuni bilan ta’minlash;

- ish vaqtini qisqartirish.

Moslashuvchan ish jadvaliga o‘tish va ish haftasini qisqartirish bir qator imtiyozlarni shakllantirishda yordam beradi. Bu esa o‘z navbatida, umumiy ish samaradorligiga ta’sir qiladi va ijtimoiy-iqtisodiy muhitni yaxshilaydi:

Birinchidan, xodimlarning sog‘lig‘i yaxshilanadi: qo‘shimcha dam olish kuni xodimlarga yaxshi dam olish va ish uchun kuch to‘plash imkonini beradi.

Ikkinchidan, aholining, xususan, xotin-qizlarning mehnat bozoridagi iqtisodiy faolligini oshirish orqali ishsizlikka qarshi samarali kurash ta’minlanadi.

Uchinchidan, xodimlarning ishtiyoqi kuchayadi, muhim vazifalarni tez va sifatli bajarishda fikrini jamlay oladi, ish vaqtini yo‘qotish qisqaradi.

To‘rtinchidan, ish vaqtini qisqartirish ekologiya va transportga tushadigan zo‘riqishni, shuningdek, yonilg‘i va energiya sarfini kamaytirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Beshinchidan, ko‘ngilochar va madaniyat sohasini rivojlantirishga qo‘shimcha turtki bo‘ladi.

Oltinchidan, aholi turmush darajasi yaxshilanadi. Vaqtni oila davrasida o‘tkazish, sevimli mashg‘ulot bilan shug‘ullanish, madaniy saviyasini yuksaltirish, sport bilan shug‘ullanish, o‘z-o‘zini tarbiyalash uchun keng imkoniyatlar yaratiladi.

Umuman olganda, xorijiy amaliyotni o‘rgangan holda, shuningdek, hisob-kitob natijalariga ko‘ra, PMTI mutaxassislari O‘zbekiston sharoitida ayrim sohalarda 4 kunlik ish haftasi o‘tish imkoniyatlari mavjud, deb hisoblaydi.

M.Ahmedova,

PMTI guruh rahbari


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Mashhur aktyor o‘z kvartirasidan o‘lik holda topildi

Унинг энг эсда қоларли ролларидан бири Жим Керри ва Кэмерон Диаз билан бирга суратга тушган "Ниқоб" фильмидаги гангстер Дориан Тирелл роли эди.

FIFA Argentina terma jamoasini 2026 yilgi jahon chempionatidan chetlashtirishi mumkin

Бу ҳақда La Nacion газетаси хабар бермоқда.

DIQQAT! «Damas» va «Labo» haydovchilari ogoh bo‘ling!

Унга кўра, ўтказилган текширувлар натижасида мазкур маҳсулотларнинг сифати амалдаги стандарт талабларига жавоб бермаслиги аниқланган.

Qarshida saunada faoliyat yuritgan fohishaxona aniqlandi

Махсус тадбир пайтида у порaнинг бир қисми ва ашёвий далиллар билан ушланган.

FIFA JCH-2026 qur’asi yuzasidan O‘zbekistonga murojaat qildi

ФИФА матбуот хизмати 2026 йилги жаҳон чемпионати қуръаси натижаларидан кейин Инстаграм орқали Ўзбекистон терма жамоасига мурожаат қилди.

Ming afsus! AQShdagi otishmada o‘zbek talaba halok bo‘ldi

Бу ҳақда Ташқи ишлар вазирлиги расмий вакили маълум қилиб, марҳумнинг оила аъзолари ва яқинларига чуқур ҳамдардлик билдирган.

Messi Bollivud yulduzi Shohrux Xon bilan uchrashdi (foto)

Аргентина терма жамоаси ва "Интер Майами" юлдузи Лионель Месси Ҳиндистонга 3 кунлик ташриф билан келди.

O‘zbekistonlik futbolchi faoliyatini Yevropa klubida davom ettirishga yaqin

Абдуғани Камолов Қирғизистоннинг “Бишкек Сити” клубини тарк этиб, Косово чемпионати вакили билан шартнома имзолаши кутилмоқда. Бу ҳақда Asia-Sport.uz телеграм канали хабар берди.

Slot bilan mojaro yakunlanganidan keyingi dastlabki o‘yindayoq Saloh APL rekordini o‘rnatdi

"Ливерпуль" форварди Муҳаммад Салоҳ АПЛнинг 16-туридан ўрин олган "Брайтон"га қарши ўйинда бир клуб сафида энг кўп голларда иштирок этиш бўйича Англия Премьер-лигаси рекордини ўрнатди.

"Neftchi" bomba transferlar tayyorlamoqda

Суперлиганинг амалдаги чемпиони "Нефтчи" келаси мавсумда ҳам ўз олдига юқори мақсадлар қўймоқда.

2026 yilda oylik, stipendiya, pensiya va nafaqalar oshiriladi

Пенсия тўловларига 86,1 трлн сўм, нафақаларга 14 трлн сўмдан ортиқ маблағ ажратилиши кутилмоқда.

O‘zbekiston bo‘ylab sovuq antisiklon va inversiya uzoqroq davom etadi

Мамлакат ҳудудида кузатилаётган совуқ антициклон таъсири 5 декабрга қадар сақланиб туриши кутилмоқда. Демак, 5 декабрь кунига қадар ёмғирдан дарак йўқ.

Temur Kapadze Indoneziya terma jamoasida qancha maosh oladi?

Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Темур Кападзе Индонезия термасида иш бошлашга яқин турибди.

Fabio Kannavaro Italiya U-17 - O‘zbekiston U-17 o‘yiniga munosabat bildirdi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.

Sibirdan Orol dengiziga suv yo‘naltirilishi mumkin

Бу ташаббус “Қуруқлик сув ресурслари” бўйича илмий кенгашининг октябрь ойидаги йиғилишида кўриб чиқилган.

«Dahshatli summalar»: AQSh biznesi Rossiyaga qarshi sanksiyalar tufayli qancha yo‘qotgani ma’lum bo‘ldi

Бу ҳақда Россиядаги Америка савдо палатаси (AmCham) раҳбари Роберт Эйжи RTVI’га берган интервьюсида маълум қилди.

AQSh Ukrainaga “juda kuchli xavfsizlik kafolatlarini” va’da qildi

Ҳали муҳокама қилиниши керак бўлган баъзи масалалар мавжуд, аммо президент Доналд Трамп эришилган ютуқдан мамнун.

Bekobodda piyodani urib yuborib kanalga tashlagan IIB xodimiga xotini ham yordam bergan

Бекобод шаҳар ИИБ катта тезкор вакили мast ҳолда Nexia’да пиёдани уриб кетиб, жабрланувчига ёрдам кўрсатмаган.

Tojikiston O‘zbekistondan elektr energiya olishni boshladi

Тожикистон ташқи бозорларга фақат мамлакатнинг жануби-ғарбий қисмида Ўзбекистон энергия тизими (500 кВт «Регар-Ғузор» электр узатиш линияси) орқали чиқади.

«Istanbul Bashakshehir» bosh murabbiyi Eldor Shomurodov haqida fikr bildirdi

«Истанбул Башакшеҳир» жамоаси бош мураббийи Нури Шахин Ўзбекистон миллий терма жамоаси сардори Элдор Шомуродов ҳақида фикр билдирди, дея хабар қилади Sports.kz Milliy Futbolimiz манбасига таяниб.

Namanganda 23 nafar bolaga noqonuniy diniy ta’lim bergan erkak ushlandi

У диний билимларни ижтимоий тармоқлардаги номаълум манбалардан мустақил ўрганган бўлиб, расмий диний маълумотга эга бўлмаган.

«Qirg‘iziston aeroportlari» beshta xizmatdan chiqqan samolyotni auksionga qo‘ydi

Айни пайтда ушбу самолётлар «Манас» халқаро аэропорти ҳудудида жойлашган.

Kuchli yomg‘ir G‘azodagi “Al-Shifo” shifoxonasi va ko‘chirilganlar chodirlarini suv ostida qoldirdi

Табиий офат натижасида юзлаб чодирлар вайрон бўлган.

Zelenskiy Berlindagi muzokaralardan so‘ng “tinchlik rejasi” bo‘yicha keyingi qadamlarni ochiqladi

Бу учрашув келаси ҳафтанинг охирига қадар бўлиши мумкин.

Ukraina aholisining ko‘pchiligi Donbassni Rossiyaga berishni istamaydi hamda Zelenskiyga ishonadi — Kiyev xalqaro sosiologiya instituti

Институт томонидан ўтказилган сўровнома иштирокчиларининг 72 фоизи қуйидаги шартларни ўз ичига олган тинчлик режасига рози бўлиши мумкинлигини билдирган: урушни ҳозирги фронт чизиғида “музлатиб қўйиш” ва Украина учун хавфсизлик кафолатлари — аммо оккупация қилинган ҳудудларни расман Россияники деб тан олмасдан. 14 фоиз иштирокчи бундай режани ҳам рад этган.

AQShlik mashhur rejissyor Rob Rayner va uning rafiqasi uyida o‘lik holda topildi

АҚШлик машҳур кинорежиссёр Роб Райнер ва унинг турмуш ўртоғи Мишель Райнер Лос-Анжелесдаги ўз уйида ўлик ҳолда топилди.

Germaniya TIV rahbari Rossiyani «NATOga qarshi urushga tayyorgarlik ko‘rishda» aybladi

Германия ташқи ишлар вазири Йоханн Вадефуль Россияни «агрессив ва империалистик сиёсат» юритишда айблаб, Москва НАТОга қарши урушга тайёргарлик кўраётганини билдирди.

Kolumbiyada maktab avtobusi halokatga uchradi

Губернаторнинг сўзларига кўра, ўқувчилар якшанба куни кечқурун пляжда битирув маросимини нишонлаган.

Bekobodda IIB xodimi mashinada odam o‘ldirib qo‘yib, Sirdaryoga oqizib yuborgani aytilmoqda

Бекобод туманида ИИБ Жиноят қидируви бўлими ходими Nexia-3 автомашинасида 43 ёшли пиёдани уриб юбориб, унинг ўлимига сабаб бўлган.

Tramp Vashingtonda g‘alaba arkasi qurilishini e’lon qildi — CNN

АҚШ президентининг айтишича, арка Париждагига ўхшаш кўринишда, лекин ўлчамлари “бошқа аркаларни соясида қолдирадиган” даражада улкан бўлади.

Marokashdagi kuchli suv toshqinlari 37 kishining hayotiga zomin bo‘ldi

14-декабр куни Марокашнинг Сафӣ шаҳрида кучли ёмғирлар оқибатида сув тошқинлари юз берди.

Avstraliya hukumatlari qurol to‘g‘risidagi qonunlarni kuchaytirishni rejalashtirmoqda

Австралия бош вазири Энтони Албанезе Сиднейдаги Бонди-бич соҳилида содир этилган, 15 нафар инсон ҳалок бўлган ҳужумдан сўнг мамлакатда қурол тўғрисидаги қонунларни кучайтириш таклифи билан чиқди.

Los-Anjelesda Rob Rayner uyida ikki kishi o‘lik holda topildi

Лос-Анжелесда голливудлик актёр ва режиссёр Роб Райнерга тегишли уйда бир эркак ва бир аёл ўлик ҳолда топилди, деб хабар бермоқда маҳаллий оммавий ахборот воситалари.

Rossiya Belgiyaning Euroclear kompaniyasidan muzlatilgan aktivlar uchun qariyb 230 milliard dollar talab qilmoqda

Бу ҳақда ТАСС агентлиги хабар берди, деб ёзади «Европача правда».

Sidneydagi terrorchining qo‘lidan avtomatni tortib olgan erkakning ahvoli qanday?

Бироқ шундан сўнг террорчи кўприк томонга қочиб, бошқа қуролдан яна ўқ узишни давом эттирган.

Sidneydagi otishmada ravvin halok bo‘ldi

Полиция ҳужумнинг учинчи эҳтимолий иштирокчисини ҳибсга олди

G‘allaorol va Zafarobodda kelinlik sarpolari MIB tomonidan olib berildi

Аёллар ўзларига тегишли бўлган сарполарни собиқ турмуш ўртоқларининг уйларидан олиб кетишга уринганларида қаршиликка учраганлар.

Sidneydagi otishmani uyushtirganlardan biri pokistonlik muhojirmi?

Исроил ташқи ишлар вазири Гидеон Саар Сиднейдаги теракт сабаб чуқур қайғуда эканини билдирди

Sudanda armiyani qo‘llab ommaviy namoyishlar o‘tkazildi

Суданнинг бир нечта шаҳарларида минглаб одамлар армияни қўллаб кўчаларга чиқди. Бу намойишлар, давлат органлари чақирувига биноан, мамлакатдаги ҳарбий ҳаракатларни қўллаб-қувватлаш мақсадида ташкил этилди.

BMTdagi Falastinaning doimiy vakili: Isroil etnik tozalash va hujumlarni kuchaytirishni davom ettirmoqda

Исроил фаластин халқига нисбатан «ҳужумларнинг кучайиши»ни давом эттирмоқда. Бу жараёнга ишғол қилинган Ғарбий соҳил ҳамда Ғазо секторида ерларни босиб олиш, шунингдек «этник тозалаш» сиёсати ҳам киради.