Turkmanistonda parlament saylovlariga muddatidan oldin ovoz berish boshlandi

Turkmanistonda parlament saylovlariga muddatidan oldin ovoz berish boshlandi

Bu haqda juma kuni rasmiy «Neytralniy Turkmenistan” gazetasi xabar bermoqda.

Nashrning yozishicha, mazkur tartib eng avvalo, uzoq mehnat safarida bo‘lgan yoki mehnat ta’tiliga chiqqan, shuningdek, u yoki bu sabablarga ko‘ra, 26 martda saylov uchastkasiga kelolmaydigan fuqarolar uchun ko‘zda tutilgan.

Turkmanistonda saylovlar va referendumlar o‘tkazish bo‘yicha Markaziy komissiya ma’lumotlariga ko‘ra, saylovoldi kampaniyasining barcha bosqichi milliy qonunchilikka hamda xalqaro darajada qabul qilingan umumiy miyorlarga muvofiq o‘z vaqtida tashkil etilgan.

Mamlakatdagi 2 ming 644 ta saylov uchastkasining barchasi ovoz berishga tayyor holga keltirilgan, qolaversa,

Turkmanistonning xorijiy mamlakatlardagi missiyalarida tashkil etilgan 42 ta saylov uchastkasi ovoz beruvchilarni kutmoqda. Turkmanistonda parlament saylovlari 26 martga belgilangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!