Turkmaniston prezidenti Tehronga keladi

Turkmaniston prezidenti Tehronga keladi

Turkmaniston prezidenti Eron prezidenti Ibrohim Raisiyning taklifiga binoan bugun seshanba kuni Eronga safar qiladi.

Eron teleradiokompaniyasining o‘zbek tilidagi saytining xabar qilishicha, Turkmaniston prezidenti Sardor Berdimuhammedov bugun-seshanba kuni kechqurun eronlik hamkasbi Sayid Ibrohim Raisiyning rasmiy taklifiga asosan o‘z mamlakatining siyosiy va iqtisodiy yuqori martabali mulozimlaridan iborat delegasiya boshchiligida Tehronga tashrif buyurdi.

Tehronning Sa’dobod majmuasida rasmiy kutib olish, Eron prezidenti bilan muloqot va muzokaralar, ikki davlat oliy darajadagi delegasiyalarining qo‘shma majlisini o‘tkazish, hamkorlikka odi bir qator hujjat va memorandum imzolash Berdimuhammedovning Tehronga ikki kunlik safari rejalaridan hisoblanadi.

Bu esa Turkmaniston prezidenti Sardor Berdimuhammedovning prezident bo‘lganidan keyin Tehronga ilk safaridir.

Eron va Turkmaniston har doim ikki tomonlama aloqalarni, jumladan iqtisodiy va savdo aloqalarni kengaytirishga urg‘u bergan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!