Turkmaniston kinosi kunlari boshlandi

Turkmaniston kinosi kunlari boshlandi

Poytaxtimizdagi Alisher Navoiy nomidagi kinosaroyda Turkmaniston kinosi kunlari ochilishi bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda “O‘zbekkino” milliy agentligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ayni paytda boshlangan tadbirda qardosh xalqlar kinoijodkorlari kelgusida amalga oshiriladigan hamkorlik ishlari, suratga olinadigan kinolar haqida fikr almashishadi.

12-13 dekabr kunlari o‘tkaziladigan tadbirlarda turkman kinoijodkorlari tomonidan suratga olingan “Agar siz bo‘lmasangiz”, “Shukur baxshi” “Mahtumquli”, “Dasht kelinlari qo‘shig‘i”, “Chavandoz”, “Mening gullayotgan merosim” kinofilmlari namoyish etiladi.

Manba: darakchi.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!