Turkiyada sel oqibatida 15 kishi halok bo‘ldi

Turkiya janubi-sharqidagi sel oqimi 15 kishining hayotiga zomin bo‘ldi.
Bu haqda mamlakat ichki ishlar vaziri Sulaymon Soylu ma’lum qildi.
“Adiyamanda ikki kishi, Shanliurfada suv toshqini oqibatida 13 kishi halok bo‘ldi”, — deya uning so‘zlaridan iqtibos keltirgan TASS.
Yana besh kishini qidirish davom etmoqda.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)