Turkiyada 2016 yilgi davlat to‘ntarishi ishtirokchilari umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi

Turkiyada 2016 yilgi davlat to‘ntarishi ishtirokchilari umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi

Turkiyada sud 2016 yilda mamlakatda amalga oshirilgan davlat to‘ntarishiga urinish ishtirokchilarini umrbod qamoq jazosiga hukm qildi.

Bu haqda bugun Anadolu Ajansı agentligiga tayanib "hudud24.uz" xabar berdi.

Ushbu ish bo‘yicha 475 ayblanuvchi qo‘lga olingan. Mamlakat prokuraturasi ma’lumotlariga ko‘ra, Turkiya qurolli kuchlarining ko‘plab sobiq zobitlari jangovar harakatlarda bevosita qatnashgan.

Agentlikning ma’lumotlariga ko‘ra, sud harbiy harakatlarda qatnashgan sobiq havo kuchlari uchuvchisi Xuseyn Turkni 79 yil umrbod qamoq jazosiga mahkum qildi. Sudlangan uchuvchi parlament binosiga havo hujumlari uyushtirgan edi.

Noyabr oyi o‘rtalarida "The National Interest" gazetasi Turkiyadagi davlat to‘ntarishiga urinish tufayli ko‘plab turk uchuvchilarining hibsga olinishi mamlakat havo kuchlariga jiddiy zarba bo‘lganligi va Anqarani Rossiyaning S-400 havo hujumidan mudofaa tizimlarini sotib olishga majbur qilgani haqida xabar tarqatdi.

2016 yil iyul oyida Turkiyada davlat to‘ntarishiga urinish sodir bo‘lgan edi. 250 dan ortiq odam voqea qurboniga aylandi, 2 mingdan ortiq kishi jarohat oldi. Hokimiyat voiz Fathulloh Gulenni to‘ntarishni tashkillashtirishda aybladi. To‘ntarishni qo‘llab-quvvatlashda gumon qilinib bir necha ming kishi hibsga olingan, ular orasida harbiylar, polisiya xodimlari, jurnalistlar va prokurorlar ham bor edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!