Turkiya rasmiylari gumonlanuvchi haqida Nyu-York polisiya departamentini xabardor qilgan

A A A
Turkiya rasmiylari gumonlanuvchi haqida Nyu-York polisiya departamentini xabardor qilgan

Anadolu agentligi tomonidan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, Turkiya rasmiylari ma’lumot olinganidan so‘ng boshlangan tergov ishlari natijasida gumonlanuvchining shaxsini aniqladi.

Turkiyaning Giresun viloyatida ro‘yxatga olingan va Turkiyada “tanaga zarar yetkazish, tahdid qilish va narkotik moddalar saqlash” aybi bilan sudlangan Rejep Akbyiykning Turk uyiga uyushtirilgan hujumga aloqadorligi aniqlandi.

Turkiya hukumati ma’lumotni Nyu-York polisiya departamentiga yetkazdi.

NYPD tergovni kuchaytirdi va bir kun oldin gumondor yashagan uysizlar boshpanasiga reyd o‘tkazdi.

Gumonlanuvchi haqidagi hisobotda uning ruhiy muammolari borligi qayd etilgan.

Rejep Akbyik hamon qidiruvda.

Avvalroq Turkiya tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘li Anqara Qo‘shma Shtatlardan Nyu-Yorkdagi Turk uyiga uyushtirilgan hujumga aloqador shaxslarni tezkorlik bilan aniqlashini va Turkiya diplomatik vakolatxonalarini zarur himoya bilan ta’minlashini kutayotganini ma’lum qilgandi.

Turkiyaning Nyu-Yorkdagi bosh konsuli Reyhan O‘zgur voqea mahalliy vaqt bilan soat 03:14 da sodir bo‘lganini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, noma’lum shaxs konsulxonaga kirish eshigi va derazalarini lom bilan shikastlagan.

“Nyu-York polisiya departamenti voqea haqida zudlik bilan xabardor qilingan va voqea joyiga polisiya guruhi yetib kelgan. Hujumchi o‘zi qo‘llagan lomni ortda qoldirib, voqea joyini tark etdi.Jinoyatchini qo‘lga olishni kutayotganimizni mahalliy hukumatga ma’lum qildik”, dedi O‘zg‘ur.

“Turk uyi” binosida Turkiyaning BMTdagi doimiy vakolatxonasi va Turkiya Bosh konsulligi ham joylashgan.

Xuddi shu hududda ko‘plab mamlakatlarning, shu jumladan AQShning doimiy vakolatxonalari va bosh konsulliklari mavjud.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!