Turkiya parlament komissiyasi Finlyandiyaning NATOga a’zolik protokolini tasdiqladi

Turkiya parlament komissiyasi Finlyandiyaning NATOga a’zolik protokolini tasdiqladi

Turkiya parlamentining tashqi ishlar komissiyasi Finlyandiyaning Shimoliy Atlantika ittifoqiga a’zoligi haqidagi protokolni ma’qulladi. Bu haqda TRT xabar bermoqda.

Shuningdek, protokol butun Turkiya parlamenti tomonidan tasdiqlanishi kerak.

Avvalroq Finlyandiya prezidenti Sauli Niinistyo Finlyandiyaning Shimoliy Atlantika alyansiga qo‘shilishi haqidagi qonunlarni imzolagan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!