Turkiy davlatlar tashkiloti doirasidagi ko‘p tomonlama munosabatlar sifat jihatdan yangi darajaga ko‘tarildi

A A A
Turkiy davlatlar tashkiloti doirasidagi ko‘p tomonlama munosabatlar sifat jihatdan yangi darajaga ko‘tarildi

Joriy yilning 6 noyabrida Bishkek shahrida TDT Davlat rahbarlari kengashining 11 sammiti bo‘lib o‘tdi. Unda tashkilotga a’zo mamlakatlar yetakchilari, jumladan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham ishtirok etdi va nutq so‘zladi.

Davlat Rahbari TDT mamlakatlari o‘rtasida savdo-iqtisodiy, investision va transport sohalaridagi hamkorlikni yanada jadallashtirish borasida bir qancha amaliy taklif va tashabbuslarni ilgari surdi.

Birinchidan, tarif va notarif to‘siqlarni bartaraf etish, savdo-bojxona tartib-qoidalarini yengillashtirish, elektron tijorat platformalarini rivojlantirish bo‘yicha aniq bitim va kelishuvlar ishlab chiqish lozimligi qayd etildi.

Bu sohadagi umumiy salohiyatimizni yanada yuksaltirishga qaratilgan tadqiqotlar olib borish uchun yaqin istiqbolda Toshkentda TDT mamlakatlarining etakchi milliy tahlil markazlarimizning anjumanini o‘tkazish taklifi ilgari surildi.

Shuningdek, O‘zbekiston yetakchisi tomonidan savdo-iqtisodiy sherikchiligimizni yanada rivojlantirish uchun kelgusi yil uchun iqtisodiy forum, savdo va sanoat ko‘rgazmalari, mintaqa va viloyatlarimizning o‘zaro tashrif rejalarini, davlat xaridlarida ishtirok etish, kooperasiya va lokalizasiya qo‘shma dasturini qabul qilish zarurligi e’tirof etildi.

Shu bilan birga, bugungi kunda TDT mamlakatlari o‘rtasidagi o‘zaro savdo ko‘lami mavjud salohiyatimizga nisbatan yetarli darajada emas. Hozirda turkiy mamlakatlar o‘rtasidagi savdo hajmi 40 milliard dollarga yetgan va ushbu ko‘rsatkich turkiy davlatlar umumiy tashqi savdo aylanmasida atigi 6%ni tashkil etadi. Shu bilan birga, tashqi savdoning katta qismi uchinchi mamlakatlardan qilinadigan importga to‘g‘ri keladi.

Shu nuqtai nazardan, O‘zbekiston Rahbarining tashabbuslari o‘zaro savdoni oshirish borasida yuzaga keladigan muammolarni bartaraf etish, eksport va import hajmlarini oshirishning yangi mexanizmlarini keng joriy etish va bu jarayonlarga ilg‘or texnologik platformalarni kengroq jalb qilish imkonini beradi. Shu o‘rinda, ekspertlarning fikricha, mavjud salohiyat va imkoniyatlar ishga solinganda tashkilot a’zolari o‘rtasida ichki savdoni yaqin istiqbolda 100 milliard dollarga ko‘tarish mumkin bo‘ladi.

Ikkinchidan, O‘zbekiston yetakchisi jahon moliya bozorida kapitalga bo‘lgan talab va uning narxi tobora oshib borayotgani, shuningdek rivojlanayotgan davlatlar uchun uzoq muddatli va «yashil» kreditlar ajratish shartlari qiyinlashuvi sharoitida TDT doirasida moliyaviy instrumentlarni joriy etishga jiddiy e’tibor qaratish kerakligiga alohida urg‘u berdi.

Yurtboshimiz tomonidan Turkiy investisiya jamg‘armasi ishini faollashtirish, shuningdek Turkiy rivojlanish bankini tashkil etish masalalarini ko‘rib chiqish zarurligi ta’kidlandi. Bu yo‘nalishdagi aloqalarni yanada chuqurlashtirish borasida Turkiy investisiya forumini tashkil etish va uning ilk tadbirini O‘zbekistonda o‘tkazish tashabbusi bilan chiqdi.

Ta’kidlash joizki, Turkiy investisiya jamg‘armasi yaqinda tashkil etildi va uning faoliyatini TDT a’zolari bilan birgalikda qo‘llab-quvvatlash o‘ta dolzarbdir. Bu o‘rinda Jamg‘arma fondi mablag‘lari hisobidan TDT mamlakatlarida loyihalarni maqsadli va tizimli aniqlash mexanizmini ishlab chiqish muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Keyingi yillarda O‘zbekiston Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan qo‘shma investision loyihalarni ro‘yobga chiqarish borasida yaxshi natijalarga erishdi. Misol uchun O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Qozog‘iston bilan birgalikda Qambarota GES qurilishi va ekspluatasiyasi loyihasini amalga oshirmoqdalar, shuningdek ushbu mamlakatlar bilan hamkorlikda qo‘shma avtomobil zavodlari ishga tushdi. Ushbu amaliy tajribani TDT doirasida qo‘llash xorijiy investisiya xajmini oshirishga imkon yaratadi.

O‘zbekiston Rahbarining bu yo‘nalishdagi tashabbuslarining amaliy ijrosi Tashkilotning barqaror investision makon sifatidagi nufuzining yuksaltiradi, o‘zaro sarmoyaviy hamkorlikning real mexanizmlarini yaratadi, shuningdek bugungi global investision zanjirlarning uzilishi fonida qo‘shma investision loyihalarni amalga oshirish borasidagi salohiyatni kengaytiradi.

Uchinchidan, Prezident Shavkat Mirziyoyev TDT makonida transport-tranzit salohiyatidan unumli foydalanish borasida ham qator takliflarni bildirib o‘tdi. Jumladan, O‘rta koridor bo‘ylab tranzit tariflarini maqbullashtirish, chegaralardan o‘tish jarayonlarini soddalashtirish, zamonaviy logistika tizimlari va qo‘shma operatorlarni yaratish lozimligi ta’kidlab o‘tildi.

TDT doirasidagi tashuvlarda elektron hujjatlar aylanmasiga o‘tish va ularni o‘zaro tan olish bo‘yicha ko‘p tomonlama bitimni imzolash zarurligi aytib o‘tildi. Bunday dolzarb masalalarni muhokama qilish uchun Turkiy davlatlar logistika markazlari va yuk tashuvchilari alyansi bilan hamkorlikda Xalqaro logistika konferensiyasini o‘tkazish taklif qilindi.

Qayd etish kerakki, bugungi kunda O‘rta koridor bo‘ylab tashilayotgan yuk hajmi 3 million tonnaga yaqin bo‘lib, kelajakda bu ko‘rsatkichni 10 million tonnagacha oshirish kutilmoqda.

Biroq infratuzilmaning hali to‘liq rivojlanmaganligi sababli O‘rta koridorni mintaqaviy yo‘nalishdan qit’alararo tranzit arteriyasiga aylantirish jarayoni biroz sust kechmoqda. Jumladan, hozirgacha mazkur loyihada ishtirok etuvchi davlatlar hududidan o‘tuvchi yuk tashishning atigi 4-5% qit’alararo savdoga to‘g‘ri keladi.

Bu o‘rinda O‘zbekistonning tashabbuslari Osiyo va Yevropa o‘rtasida strategik ko‘prik sifatida e’tibor qozonayotgan ushbu muhim transport yo‘lagini rivojlantirishga qaratilgan. Ushbu transport yo‘lagining samaradorligini oshirish orqali TDT mamlakatlari nafaqat xalqaro tranzit, balki mintaqaviy iqtisodiy integrasiyaning muhim ishtirokchilari sifatida ham o‘z mavqelarini mustahkamlashlari mumkin bo‘ladi.

Xulosa qilib aytganda, O‘zbekiston Rahbari tomonidan Bishkek sammitida bildirilgan taklif va tashabbuslarning amaliy ijrosi TDT mamlakatlari o‘rtasidagi ko‘p tomonlama munosabatlarni sifat jihatdan yangi darajaga ko‘taradi, Tashkilot doirasida ustuvor yo‘nalishlarda samarali hamkorlikni yanada jadallashtirishga va mustahkamlashga xizmat qiladi.

Sarvar Kamolov,

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
huzuridagi SMTI bosh ilmiy xodimi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Mashhur aktyor o‘z kvartirasidan o‘lik holda topildi

Унинг энг эсда қоларли ролларидан бири Жим Керри ва Кэмерон Диаз билан бирга суратга тушган "Ниқоб" фильмидаги гангстер Дориан Тирелл роли эди.

FIFA Argentina terma jamoasini 2026 yilgi jahon chempionatidan chetlashtirishi mumkin

Бу ҳақда La Nacion газетаси хабар бермоқда.

DIQQAT! «Damas» va «Labo» haydovchilari ogoh bo‘ling!

Унга кўра, ўтказилган текширувлар натижасида мазкур маҳсулотларнинг сифати амалдаги стандарт талабларига жавоб бермаслиги аниқланган.

Qarshida saunada faoliyat yuritgan fohishaxona aniqlandi

Махсус тадбир пайтида у порaнинг бир қисми ва ашёвий далиллар билан ушланган.

FIFA JCH-2026 qur’asi yuzasidan O‘zbekistonga murojaat qildi

ФИФА матбуот хизмати 2026 йилги жаҳон чемпионати қуръаси натижаларидан кейин Инстаграм орқали Ўзбекистон терма жамоасига мурожаат қилди.

Ming afsus! AQShdagi otishmada o‘zbek talaba halok bo‘ldi

Бу ҳақда Ташқи ишлар вазирлиги расмий вакили маълум қилиб, марҳумнинг оила аъзолари ва яқинларига чуқур ҳамдардлик билдирган.

O‘zbekistonlik futbolchi faoliyatini Yevropa klubida davom ettirishga yaqin

Абдуғани Камолов Қирғизистоннинг “Бишкек Сити” клубини тарк этиб, Косово чемпионати вакили билан шартнома имзолаши кутилмоқда. Бу ҳақда Asia-Sport.uz телеграм канали хабар берди.

Messi Bollivud yulduzi Shohrux Xon bilan uchrashdi (foto)

Аргентина терма жамоаси ва "Интер Майами" юлдузи Лионель Месси Ҳиндистонга 3 кунлик ташриф билан келди.

"Neftchi" bomba transferlar tayyorlamoqda

Суперлиганинг амалдаги чемпиони "Нефтчи" келаси мавсумда ҳам ўз олдига юқори мақсадлар қўймоқда.

Slot bilan mojaro yakunlanganidan keyingi dastlabki o‘yindayoq Saloh APL rekordini o‘rnatdi

"Ливерпуль" форварди Муҳаммад Салоҳ АПЛнинг 16-туридан ўрин олган "Брайтон"га қарши ўйинда бир клуб сафида энг кўп голларда иштирок этиш бўйича Англия Премьер-лигаси рекордини ўрнатди.

2026 yilda oylik, stipendiya, pensiya va nafaqalar oshiriladi

Пенсия тўловларига 86,1 трлн сўм, нафақаларга 14 трлн сўмдан ортиқ маблағ ажратилиши кутилмоқда.

O‘zbekiston bo‘ylab sovuq antisiklon va inversiya uzoqroq davom etadi

Мамлакат ҳудудида кузатилаётган совуқ антициклон таъсири 5 декабрга қадар сақланиб туриши кутилмоқда. Демак, 5 декабрь кунига қадар ёмғирдан дарак йўқ.

Temur Kapadze Indoneziya terma jamoasida qancha maosh oladi?

Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Темур Кападзе Индонезия термасида иш бошлашга яқин турибди.

Fabio Kannavaro Italiya U-17 - O‘zbekiston U-17 o‘yiniga munosabat bildirdi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.

Sibirdan Orol dengiziga suv yo‘naltirilishi mumkin

Бу ташаббус “Қуруқлик сув ресурслари” бўйича илмий кенгашининг октябрь ойидаги йиғилишида кўриб чиқилган.

O‘zbekistonning "JCH–2026" guruh bosqichidagi raqibi o‘zgarishi mumkin

ФИФА 2026 йилги Жаҳон чемпионати саралаш босқичида Конго терма жамоаси сафида майдонга тушган айрим футболчиларнинг ўйнаш ҳуқуқини текширмоқда.

Finlandiya tashvishda: "Agar Ukraina bo‘yicha tinchlik kelishuviga erishilsa..."

Финландия бош вазири Петтери Орпо мамлакат иқтисодиёти жуда ёмон аҳволда эканини, бунинг асосий сабаби Россия томонидан келаётган таҳдидлар билан боғлиқлигини айтди.

Putin ayrim shaxslarning mablag‘larini cheklash to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Ular kimlar?

Ҳукумат Марказий банк билан келишилган ҳолда, оила аъзоларининг ҳар бири учун ойига 10 минг рубль миқдорида лимит белгилаган.

Bekobodda piyodani urib yuborib kanalga tashlagan IIB xodimiga xotini ham yordam bergan

Бекобод шаҳар ИИБ катта тезкор вакили мast ҳолда Nexia’да пиёдани уриб кетиб, жабрланувчига ёрдам кўрсатмаган.

To‘satdan kartangizdan pul yechilsa, hayron bo‘lmang!

ATTO компанияси хабар беришича, 3–4 декабрь кунлари амалга оширилган йўл ҳақи учун кечиктирилган тўловлар тизим томонидан ечиб олина бошлайди. ​Сабаби техник носозликлар бўлиб, баъзи тўловлар аввалроқ ечилмай қолган. ​Қўрқманг! Бу хатолик эмас, фақат ўша кунларда сарфлаган ҳақиқий суммагина ечилади.

Германия канцлери Фридрих Мерцнинг айтишича, АҚШ ва Европа Украина учун муҳокама қилаётган хавфсизлик кафолатлари айрим ҳолатларда тинчликпарвар кучлар Россия томонидан қилинган ҳужумларни қайтариши мумкинлигини назарда тутади.

Isroil G‘azoga 200 ming tonnadan ortiq bomba tashlagan — Rajab Toyyib Erdo‘g‘an

Яқинда Қора денгизда амалга оширилган ҳужумлар Қора денгизда кемалар қатнови хавфсизлигига жиддий таҳдид солмоқда. Тижорат ва фуқаролик кемаларига қилинган ҳужумлар ҳеч кимга фойда келтирмайди. Бу масала бўйича ҳар икки томонга ўз огоҳлантиришларимизни аниқ етказдик.

Tehronda turar-joy binosi qulab tushdi, odamlar vayronalar ostida qolib ketdi

Теҳроннинг Яфтобод туманида уч қаватли турар-жой биноси қулаб тушди.

Firibgarligi uchun qidiruvda bo‘lgan shaxs Istanbuldan tutib keltirildi

2023 йилдан буён Юнусобод тумани ИИО ФМБ томонидан қидирувга эълон қилинган фуқаронинг Туркия Республикаси Истанбул шаҳрида яшириниб юргани аниқланиб, ўтказилган тезкор тадбирлар давомида қўлга олинди ва Ўзбекистонга қайтарилди.

Afg‘onistondan olib kelingan giyohvandlik vositasi to‘xtatib qolindi

Афғонистондан контрабанда қилиниб, Бухоро шаҳри ҳудудига яшириб кетилган соф вазни 4 кг 715 г бўлган «опий» моддасини хуфия жойдан олган икки шахс қўлга олинди.

Namanganda 23 nafar bolaga noqonuniy diniy ta’lim bergan erkak ushlandi

У диний билимларни ижтимоий тармоқлардаги номаълум манбалардан мустақил ўрганган бўлиб, расмий диний маълумотга эга бўлмаган.

«Qirg‘iziston aeroportlari» beshta xizmatdan chiqqan samolyotni auksionga qo‘ydi

Айни пайтда ушбу самолётлар «Манас» халқаро аэропорти ҳудудида жойлашган.

Kuchli yomg‘ir G‘azodagi “Al-Shifo” shifoxonasi va ko‘chirilganlar chodirlarini suv ostida qoldirdi

Табиий офат натижасида юзлаб чодирлар вайрон бўлган.

Zelenskiy Berlindagi muzokaralardan so‘ng “tinchlik rejasi” bo‘yicha keyingi qadamlarni ochiqladi

Бу учрашув келаси ҳафтанинг охирига қадар бўлиши мумкин.

Ukraina aholisining ko‘pchiligi Donbassni Rossiyaga berishni istamaydi hamda Zelenskiyga ishonadi — Kiyev xalqaro sosiologiya instituti

Институт томонидан ўтказилган сўровнома иштирокчиларининг 72 фоизи қуйидаги шартларни ўз ичига олган тинчлик режасига рози бўлиши мумкинлигини билдирган: урушни ҳозирги фронт чизиғида “музлатиб қўйиш” ва Украина учун хавфсизлик кафолатлари — аммо оккупация қилинган ҳудудларни расман Россияники деб тан олмасдан. 14 фоиз иштирокчи бундай режани ҳам рад этган.

AQShlik mashhur rejissyor Rob Rayner va uning rafiqasi uyida o‘lik holda topildi

АҚШлик машҳур кинорежиссёр Роб Райнер ва унинг турмуш ўртоғи Мишель Райнер Лос-Анжелесдаги ўз уйида ўлик ҳолда топилди.

Germaniya TIV rahbari Rossiyani «NATOga qarshi urushga tayyorgarlik ko‘rishda» aybladi

Германия ташқи ишлар вазири Йоханн Вадефуль Россияни «агрессив ва империалистик сиёсат» юритишда айблаб, Москва НАТОга қарши урушга тайёргарлик кўраётганини билдирди.

Kolumbiyada maktab avtobusi halokatga uchradi

Губернаторнинг сўзларига кўра, ўқувчилар якшанба куни кечқурун пляжда битирув маросимини нишонлаган.

Bekobodda IIB xodimi mashinada odam o‘ldirib qo‘yib, Sirdaryoga oqizib yuborgani aytilmoqda

Бекобод туманида ИИБ Жиноят қидируви бўлими ходими Nexia-3 автомашинасида 43 ёшли пиёдани уриб юбориб, унинг ўлимига сабаб бўлган.

Tramp Vashingtonda g‘alaba arkasi qurilishini e’lon qildi — CNN

АҚШ президентининг айтишича, арка Париждагига ўхшаш кўринишда, лекин ўлчамлари “бошқа аркаларни соясида қолдирадиган” даражада улкан бўлади.

Marokashdagi kuchli suv toshqinlari 37 kishining hayotiga zomin bo‘ldi

14-декабр куни Марокашнинг Сафӣ шаҳрида кучли ёмғирлар оқибатида сув тошқинлари юз берди.

Avstraliya hukumatlari qurol to‘g‘risidagi qonunlarni kuchaytirishni rejalashtirmoqda

Австралия бош вазири Энтони Албанезе Сиднейдаги Бонди-бич соҳилида содир этилган, 15 нафар инсон ҳалок бўлган ҳужумдан сўнг мамлакатда қурол тўғрисидаги қонунларни кучайтириш таклифи билан чиқди.

Los-Anjelesda Rob Rayner uyida ikki kishi o‘lik holda topildi

Лос-Анжелесда голливудлик актёр ва режиссёр Роб Райнерга тегишли уйда бир эркак ва бир аёл ўлик ҳолда топилди, деб хабар бермоқда маҳаллий оммавий ахборот воситалари.

Rossiya Belgiyaning Euroclear kompaniyasidan muzlatilgan aktivlar uchun qariyb 230 milliard dollar talab qilmoqda

Бу ҳақда ТАСС агентлиги хабар берди, деб ёзади «Европача правда».

Sidneydagi terrorchining qo‘lidan avtomatni tortib olgan erkakning ahvoli qanday?

Бироқ шундан сўнг террорчи кўприк томонга қочиб, бошқа қуролдан яна ўқ узишни давом эттирган.