Turk banklari Rossiya bilan «yashil ro‘yxat» bo‘yicha hisob-kitoblarni qayta tikladi

Turk banklari Rossiya bilan «yashil ro‘yxat» bo‘yicha hisob-kitoblarni qayta tikladi

Turk banklari Rossiyaga qishloq xo‘jaligi mahsulotlari uchun to‘lovlar, shuningdek, turizm, tibbiyot va ta’lim sohalarida to‘lovlarni qayta yo‘lga qo‘ydi. Bu haqda Rossiya Savdo-sanoat palatasi qoshidagi Rossiya-Turkiya ishbilarmonlar kengashi bosh direktori Aleksey Yegarmin «Izvestiya» gazetasiga bergan intervyusida gapirdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, turli banklar uchun to‘lovlar bilan bog‘liq vaziyat biroz boshqacha. Ziraat va VakifBank to‘lovlarni osonroq qabul qiladi, ammo Golden Global bilan bog‘liq muammolar hali ham mavjud, deya qo‘shimcha qildi Yegarmin.

Opora Rossii vise-prezidenti Nikolay Dunayev nashrga Turkiya bilan to‘lovlar milliy valyutalarda amalga oshirilishini va hozircha faqat oziq-ovqat, farmasevtika va to‘qimachilik mahsulotlarini o‘z ichiga olgan yashil ro‘yxatdagi tovarlar uchun amalga oshirilishini tasdiqladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!