«Turar joyni noturar joyga o‘tkazish» davlat xizmati bo‘yicha arizalarni qabul qilish to‘xtatildi

«Turar joyni noturar joyga o‘tkazish» davlat xizmati bo‘yicha arizalarni qabul qilish to‘xtatildi

«Turar joyni noturar joyga o‘tkazish» davlat xizmati bo‘yicha arizalarni qabul qilish to‘xtatildi. Bu haqda DXA xabar bermoqda.

"O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining  PF-6044-son Farmonining 2-ilovasi (2021 yil 1 yanvardan boshlab lisenziyalanadigan faoliyat va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarning birlashtirish yo‘li bilan bekor qilinadigan ayrim turlari) 44-45-bandlariga muvofiq, 2021 yilning 1 yanvaridan Ob’ektni qayta ixtisoslashtirish va rekonstruksiya qilish uchun ruxsatnoma hamda Turar joyni noturar joy toifasiga o‘tkazishga ruxsatnoma xizmatlari qo‘shilishi munosabati bilan «Ob’ektni qayta ixtisoslashtirish va rekonstruksiya qilish uchun ruxsatnoma» xizmati qolishi belgilangan. 

Shunga ko‘ra, «Turar joyni noturar joyga o‘tkazish» davlat xizmati bo‘yicha arizalarni qabul qilish to‘xtatildi", deyiladi xabarda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!