Tunis sudi muxolifat yetakchilari, biznesmenlar va yuristlarni 13 yildan 66 yilgacha bo‘lgan qamoq jazolariga hukm qildi

Tunis sudi muxolifat yetakchilari, biznesmenlar va yuristlarni 13 yildan 66 yilgacha bo‘lgan qamoq jazolariga hukm qildi.
Hukm haqida TAP davlat axborot agentligi xabar berdi.
Ular davlat xavfsizligiga qarshi fitna uyushtirganlikda ayblanmoqda. Muxolifat bu ayblovlar soxta ekanini, sud jarayoni esa Tunis prezidenti Qays Saidning avtoritar boshqaruvining belgisiga aylanganini ta’kidlamoqda.
Reuters'ning yozishicha, bu ish doirasida 40 kishi, jumladan taniqli siyosatchilar, biznesmenlar va jurnalistlar javobgarlikka tortilgan. 20 dan ortiq kishi ayblov e’lon qilingach, mamlakatni tark etgan.
Rasmiylar ayblanuvchilar, ular orasida sobiq amaldorlar va razvedka boshlig‘i ham bor, mamlakatdagi vaziyatni beqarorlashtirish va prezident Saidni hokimiyatdan ag‘darishga uringanini da’vo qilmoqda. Qays Said o‘ziga nisbatan “Tunisda diktatura o‘rnatishga urinish” ayblovlarini rad etib, siyosiy elita orasida keng tarqalgan korrupsiya va betartiblikka qarshi kurashayotganini bildirgan.
Huquqni himoya qiluvchi tashkilotlar esa Said 2021 yilda parlamentni, 2022 yilda esa oliy sud kengashini tarqatib yuborganidan beri qonun chiqaruvchi sud tizimlarini to‘liq nazorat qilib kelayotganini takidlaydi.