«Tungi bosqinchilar»ga chiqarilgan sud hukmi o‘zgarishsiz qoldirildi

A A A
«Tungi bosqinchilar»ga chiqarilgan sud hukmi o‘zgarishsiz qoldirildi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati, sudlanuvchilar SH.A., O.B., N.B., va A.J.larga nisbatan chiqarilgan jinoyat ishlari bo‘yicha Nukus shahar sudining 2021 yil 21 sentyabrdagi hukmi ustidan sudlanuvchi SH.A. O.B. va ularning himoyachilari tomonidan berilgan shikoyatlariga asosan, jinoyat ishining sudlanuvchilar SH.A. va O.B.larga oid qismini ochiq sud majlisida, apellyasiya tartibida ko‘rib chiqdi.

Sudning hukmi bilan 1996 yili Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan SH.A., ushbu tumanda 1999 yil tug‘ilgan O.B.lar O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 164-moddasi 3-qismining “v” bandi bilan JKning 57-moddasini qo‘llanilgan holda 6 (olti) yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanib, tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyada o‘tash belgilangan, jazoni o‘tash muddati 2021 yil 20 martdan boshlab hisoblangan va qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi o‘zgarishsiz qoldirilgan. Jinoyat ishi bo‘yicha yetkazilgan 58.523.560 so‘m moddiy zarar to‘liq qoplangani hisobga olingan.

Sud hukmiga ko‘ra, sudlanuvchi SH.A. jinoiy yo‘l bilan pul topish ilinjida, tanishlari SH.SH., B.A., va N.B. bilan oldindan til biriktirib, bir guruhga birlashib, Nukus shahar 22 kichik tumanida yashovchi I.K.ning xonadonidan pul mablag‘i va mol mulkini bosqinchilik yo‘li bilan o‘zlashtirish haqidagi o‘zaro jinoiy reja tuzib, jinoiy rejalarini amalga oshirish maqsadida guruh a’zolari bilan o‘zaro vazifalar taqsimlagan.

Shu tariqa, 2021 yil 7 mart kuni soat 21:00 da SH.A.ning jinoiy sherigi N.B. fuqaro M.K.ni bayram munosabati bilan ziyofat qilish bahonasida Nukus shahrida joylashgan “NEO” restoraniga taklif qiladi. Ular restoranda birga ovqatlanib, spirtli ichimliklar iste’mol qilib o‘tirganida soat 00:30 larda M.K.ning tanishlari U.YU. va Q.A.lar kutilmaganda ularning rejasiga zid ravishda N.B., A.J. va M.K.lar o‘tirgan stolga kelib o‘tirgandan so‘ng oradan ozgina vaqt o‘tib, K.A. bilan A.J.lar o‘rtasida o‘zaro kelishmovchilik kelib chiqadi. Shu tariqa M.K. tanishlari K.A. va U.YU.lar bilan birga restorandan chiqib ketganidan so‘ng N.B. jinoiy sherigiga qo‘ng‘iroq qilib, M.K.ning restorandan ketib qolganligini, reja o‘xshamaganligi aytganida, unga M.K.ning qayerga ketganligini bilish lozimligini, reja amalga oshirilmagunga qadar bir amallab uni uyiga yubormasdan ushlab turish lozimligini aytgan.

So‘ng, N.B. M.K.ning qayerdaligini bilish maqsadida unga qo‘ng‘iroq qilganiga qaramasdan, uning qo‘ng‘iroqlariga javob bermaganidan keyin jinoiy guruh a’zolarining hammasi “NEO” restorani oldiga yig‘ilib, SH.SH. boshqaruvidagi fuqaro D.SH.ning nomidagi davlat raqam belgisi 01 O 219 GB bo‘lgan COBALT rusumli avtomashinada M.K. qaytib bormasidan avval uning uyiga borib, moddiy qimmatliklarni olib chiqish kerakligini kelishib oladi. Soat 03:30 larda M.K.ning uyi tomonga borib, SH.SH. o‘zining oldindan tayyorlab qo‘yilgan niqob (maska) larni yonidagi sheriklari O.B. va SH.A.larga berib, uzlari Nukus shahar “Broyller” blok posti tomonida kutib turishini aytib, u yerdan ketgan.

SH.Ashurov va O.B,lar spirtli ichimlik ichgan, mast holatda qora va qizil rangli matoli bosh kiyimdan yasalgan niqoblarni yuzlariga taqib, eshikni taqillatishadi va M.K.ning 2009 yil tug‘ilgan voyaga yetmagan qizi va 2013 yil tug‘ilgan voyaga yetmagan o‘g‘liga “onang pissa berib yubordi” deb aytib, ularni aldab, uyning kirish eshigini ochdirishga erishib, uyga g‘ayriqonuniy ravishda kirgan. Yuziga niqob taqqan shaxslarni ko‘rgan qizi qo‘rqib ketib, baqirib yuborganida O.B. voyaga yetmagan qizning hayoti uchun xavfli bo‘lgan usulda qo‘llari bilan uning og‘zini bosib, agar yana baqirsa o‘ldirishini aytadi., SH.A. bilan xonadon ichkarisiga kirib, M.K.ga tegishli bir dona bahosi 500000 so‘m bo‘lgan “Samsung J2” rusumli va bir dona bahosi 300000 so‘m bo‘lgan “Samsung C3 mini” rusumli telefon apparatlarini, bir juft qiymati 1000 AQSh dollar bo‘lgan brilliant qoshli tilla ziragini hamda bir dona qiymati 500 AQSh dollar bo‘lgan brilliant qoshli uzugini jami 2500 AQSh dollari (2021 yil 8 mart holatiga ko‘ra 1 AQSh dollarining so‘mdagi qiymati 10517,12 so‘mga teng bo‘lib, 2.500 x 10517,12 = 26,292,800 so‘m) ashyolarini bosqinchilik yo‘li bilan talon-taroj qilib, SH.Sharopovning boshqaruvidagi davlat raqam belgisi 01O 219GB bo‘lgan COBALT rusumli avtomashinada voqea joyidan yashiringan.

Yuqoridagilarga asosan, sudlanuvchilar SH.A. va O.B. o‘zlarining jinoiy harakatlari bilan O‘zbekiston Respublikasi JKning 164-moddasi 3-qismining “v” bandida ko‘rsatilgan jinoyatni qastdan sodir qilishgan.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006 yil 3 fevraldagi “Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti to‘g‘risida”gi 1-sonli qarorining 1-bandida “Sudlarning e’tibori, jinoyat uchun jazo chorasini tayinlashda qonuniylik, insonparvarlik, odillik va javobgarchilikning muharrarligi tamoillariga qat’iy amal qilishga qaratilishi lozimi”ligi, mazkur Qarorning 3-bandiga muvofiq JKning 8,54-moddalari mazmuniga ko‘ra, jazo odil bo‘lishi, har bir holatda individual tayinlanishi, jinoyatning xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasiga, aybdorning shaxsiga, shuningdek, jazoni yengillashtiruvchi va og‘irlashtiruvchi holatga muvofiq bo‘lishi kerakligi tushuntirilgan.

Yuqoridagilarga asosan sudlov hay’ati, birinchi instansiya sudi tomonidan sudlanuvchilar SH.A. va O.B.larga jazo tayinlashda, jinoyatning holatini va ijtimoiy xavflilik darajasini, ya’ni o‘ta og‘ir jinoyatlar turkumiga kirishini, qilmishning sabablari va oqibatlarini, ularning shaxslarini, jazoni yengillashtiruvchi va og‘irlashtiruvchi holatlarini e’tiborga olib, JKning 57-moddasini qo‘llagan holda modda sanksiyasining minimal miqdoridan ham kam miqdorida ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlash to‘g‘risida to‘g‘ri qaror qabul qilingan.

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-prosessual kodeksi 497 13, 17, 26, 31, 34, 36-moddalariga amal qilib, sudlov hay’ati Jinoyat ishlari bo‘yicha Nukus shahar sudining SH.A., O.B., N.B. va A.J.larga nisbatan chiqarilgan 2021 yil 21 sentyabrdagi hukmining SH.A., va O.B.larga oid qismi o‘zgarishsiz qoldirildi

T.TURDIMURATOV,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi jinoyat ishlari bo‘yicha

sudlov hay’ati sudyasi.

Qoraqalpog‘iston axborot agentligi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Millioner! Husanov “Siti”da jami qancha maosh oladi?

Франциянинг L’Équipe спорт нашри Англия Премьер-лигасидаги энг юқори маош олувчи 5 нафар футболчидан иборат рейтингни эълон қилди.

Evropa Ukrainadan voz kechib, Rossiya bilan hamkorlik qilishga harakat qilmoqda

Бу ҳақда Германиянинг Berliner Zeitung газетаси хабар берди

Eron: "Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi tajovuzkor AQShning USS Abraham Lincoln aviatashuvchi kemasiga zarba berdi"

Бу ҳақда Эрон Ислом инқилоби қўриқчилари корпуси матбуот хизмати маълум қилди.

Trampning bosimi ostida qolgan Saudiya Arabistoni shahzodasi Putin bilan suhbatlashdi

Бу ҳақда Россия ОАВлари Кремль матбуот хизматига таяниб хабар бермоқда.

AQSh va Isroil Eronga gumanitar yordam olib ketayotgan samolyotni urib tushirdi

Бу ҳақда Эрон фуқаролик авиацияси ташкилоти баёнот берди.

Hormuz bo‘g‘ozida Amerika qiruvchi samolyoti urib tushirildi

Бу ҳақда ISNA агентлиги Эрон Ислом инқилоби қўриқчилари корпусига таяниб хабар берди.

Pep Gvardiola Yevropaning grand terma jamoasini qabul qilib olishi mumkin

Италия терма жамоаси навбатдаги бор Жаҳон чемпионатидан қуруқ қолганидан сўнг янги мураббий тайинлашга тайёргарлик кўрмоқда.

Mirshaymerning keskin bayonoti: «Tramp va Netanyaxu Nyurnbergda osilgan bo‘lar edi»

Агар Нюрнберг суд жараёнлари бугун ўтказилганида, АҚШ президенти Дональд Трамп ва Исроил бош вазири Биньямин Нетаньяху қатл этилган бўлар эди.

Misr kemasi Rossiyaning "Arktik Metagaz" gaz tashuvchisini tortib olayotgani xabar qilindi

Ливия Фавқулодда вазиятлар қўмитаси маълумотига кўра, кема ҳозирда қирғоқдан 62 мил узоқликда жойлашган.

"Tramp hali ham g‘alaba qozonganini aytib keladi. Lekin aslida u ancha oldin yutqazgan edi"

Менимча, Тайван фуқаролари ҳақиқий вазиятга назар ташлаганларида, буни аниқ кўришади.

Eronda bir baqqol do‘koni oynasida shunday yozuv ilgan:

«Бу хаёлий маҳсулот эмас. Агар эҳтиёжинг бўлса, ол — урушдан кейин тўлайсан.»

Qadr kechasi qaysi kunga to‘g‘ri keladi?

Рамазон ойининг охирги 10 кунлиги бошланди.

Eronda 19 yoshli sportchi dorga osib qatl etildi

19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.

Erling Xoland o‘ziga yangi jamoa tanladi

Бу ҳақда Football365 портали журналистлари хабар бермоқда.

Eron musulmon davlatlariga chaqiriq bilan chiqdi

Эрон Олий Миллий Хавфсизлик Кенгаши котиби Али Ларижоний АҚШ ва Исроил ҳужуми бошланганидан бери ҳеч бир мусулмон давлати Эронга ёрдам бермаганини айтди.

Buyuk Britaniyada 14 million dollarlik lotereya yutib olgan shaxs yutuqlarini qo‘lga kirita olmadi

Бу ҳақда ўйинни ўтказган миллий лотерея оператори Allwyn хабар берди.

Erondan Isroilga raketalar to‘lqini otildi

Бу ҳақда Исроил армияси матбуот котиби маълум қилди.

Tramp Eron tomonidan urib tushirilgan samolyot haqida fikr bildirdi

Бу ҳақда NBC News нашри хабар бермоқда.

Eron tomonidan urib tushirilgan AQSh F-15 samolyotining ekipaj a’zolaridan biri qutqarib olindi

Бу ҳақда CBS News америкалик расмийларга таяниб хабар берди.

Eron: yangi havo mudofaa tizimi bir nechta AQSh samolyotlarini urib tushirdi

Эрон Ислом инқилоби қўриқчилари корпуси маълум қилишича, 3 апрель куни янги ҳаво мудофаа тизими АҚШ ва Исроилга тегишли ҳаво техникасига зарба берган.

Bushehr AESga yana zarba berildi

Бу можаро бошланганидан буён тўртинчиси

Qosim Sulaymoniy qarindoshlari AQShda qo‘lga olindi

АҚШда 2020 йилда ҳалок бўлган генерал Қосим Сулаймонийнинг қариндошлари — жияни ва унинг қизи ҳибсга олингани хабар қилинди.

AQSh Eron bilan urushda 13 harbiy xizmatchidan ayrilgan, 365 nafari esa yaralangan

Пентагон маълумотига кўра, Эронга қарши ҳарбий ҳаракатларда энг кўп талафотни қуруқлик қўшинлари берган.

Germaniyadagi qonun o‘zgarishi Ukrainacha safarbarlikka olib kelishi mumkin

Германияда ҳарбий хизматга оид қонунга киритилган ўзгаришлар жамиятда баҳс-мунозараларга сабаб бўлмоқда.

Donald Tramp Eronga 48 soat berdi: “shundan so‘ng do‘zaxni ochamiz”

АҚШ президенти Дональд Трамп Эронга Яқин Шарқ келишуви бўйича АҚШ шартларини қабул қилиш учун 48 соат муддат берганини маълум қилди.

Venada Rossiyaga qarshi sanksiyalarga qarshi miting o‘tdi

Намойишда бир неча юз киши иштирок этган.

Donald Tramp Eron operasiyasi tufayli qiyin vaziyatga tushdi

Истеъфодаги америкалик дипломат Жим Жатраснинг фикрича, АҚШ президенти Дональд Трамп Эронга қарши операция сабаб мураккаб сиёсий вазиятда қолган.

Germaniyada niqobli shaxs poyezd yo‘lovchilariga hujum qildi

Йўловчилардан бири ҳужумчини ҳожатхонага қамаб қўйишга муваффақ бўлган. Полиция жиноятчини Бонн/Зигбург вокзалида қўлга олди.

Rossiyada yo‘lovchi poyezdining yettita vagoni relsdan chiqib ketdi

Челябинск вилояти губернатори Алексей Текслернинг аниқлик киритишича, икки йўловчи оғир тан жароҳати олган, яна 20 киши ҳам енгил жароҳатланган.

"Abadiyat belgilar: Ramzlarda turkiy olam” hujjatli filmi e’lon qilindi (VIDEO)

Фильм Туркий маданият ва мерос жамғармаси томонидан ишлаб чиқарилган бўлиб, энди TurkDiscovery YouTube платформасида томоша қилиш учун тақдим этилди.

Toshkentda zilzila sodir bo‘ldi

Тожикистонда 10 км чуқурликда 5.5 магнитудали зилзила қайд этилди.

Marokash giyohvand moddalar karteliga tegishli yer osti tunneli Ispaniyada topildi

Операцияда 250 га яқин полиция ходими иштирок этди. Натижада 27 киши ҳибсга олинди, 17 тоннадан ортиқ гашиш ва 88 килограмм кокаин мусодара қилинди.

Donald Tramp Eronga yangi tahdid yubordi: “Kelishuvga erishmasangiz, hech narsa qolmaydi”

Бу таҳдид Трампнинг Truth Social аккаунтида эълон қилинди.

Donald Tramp ijtimoiy dasturlarni qisqartirish orqali harbiy xarajatlarni yirik miqdorda oshirishga tayyorgarlik ko‘rmoqda — Bloomberg

Агентликнинг хабар беришича, АҚШнинг 2027 йилги бюджетида асосий эътибор мудофаа соҳасини кенг кўламда кучайтиришга қаратилади.

AQSh va Isroil havo hujumi Tehron yaqinidagi Karaj shahrida qurilayotgan B1 ko‘prigini qisman vayron qildi

Кўприк минтақани Эрон пойтахти билан боғлайдиган йирик автомагистралнинг бир қисми бўлиши режалаштирилган эди.

Xitoyda yangi xavfli virus tarqalmoqda

Хитойда илк бор ўта хавфли SAT1 туридаги вирус штамми аниқланди — касаллик Россиянинг чегара ҳудудларида тарқалмоқда.

Eron qat’iy ogohlantirdi: AQSh va Isroil taslim bo‘lmas ekan, urush to‘xtamaydi

Эрон расмийлари АҚШ ва Исроил ҳали таслим бўлмагани ҳолда, Теҳронда олиб борилаётган ҳарбий кампания тўхтамаслигини эълон қилди.

Ukraina terrorni eksport qila boshladi...

Яқинда Ҳиндистонда олти украиналик ва битта америкалик ҳибсга олинган эди.

Tehronda vayronagarchilik: 46 mingdan ortiq binoga zarar yetdi

АҚШ ва Исроилнинг 28 февралдан 2 апрелгача бўлган ҳаво ҳужумлари натижасида Теҳронда 46 437 та турар-жой ва тижорат бинолари зарар кўрди.

Donald Tramp va NATO o‘rtasida ziddiyat: respublikachilar qarshi chiqmoqda

АҚШдаги республикачи сиёсатчилар Дональд Трампнинг мамлакатни НАТОдан чиқариш эҳтимолига қарши чиқмоқда.