Trikotaj mahsulotlari ishlab chiqariladigan korxonaning ekologiyaga ta’siri qanday?

Trikotaj mahsulotlari ishlab chiqariladigan korxonaning ekologiyaga ta’siri qanday?


Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi Davlat ekologik ekspertizasi markazi hamda Toshkent shahar Ekologiya boshqarmasi Olmazor tuman bo‘limi tomonidan tumandagi “ZELAL TEKSTIL” mas’uliyati cheklangan jamiyati xorijiy korxonasi faoliyati yuzasidan monitoring o‘tkazildi.

Monitoring O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Atrof-muhitga ta’sirni baholash mexanizmlarini yanada takomillashtirish to‘g‘risida»gi qarori 1-ilovasining 24-bandi (asbest va tarkibida asbest bo‘lgan buyumlarni ishlab chiqarish korxonalari) ijrosini ta’minlash maqsadida amalga oshirildi.

O‘rganish jarayonida korxonada trikotaj mahsulotlarini ishlab chiqarishda hosil bo‘ladigan mato changlari samaradorligi yuqori bo‘lgan qo‘lqopli filtrlar bilan tozalanishi ma’lum bo‘ldi. Shuningdek, texnologik jarayonda hosil bo‘ladigan oqova suvlar amaldagi biologik lokal tozalash inshooti orqali tozalanishi aniqlandi.

Ma’lumot uchun, bugungi kunda, “ZELAL TEKSTIL” xorijiy korxonasi tomonidan zamonaviy xalqaro standartlarga javob beradigan lokal suv tozalash inshooti qurilmoqda. Bunda korxona hududini kengaytirish va yangi texnologiyalarni joriy qilgan holda ishlab chiqarishni tashkil qilishning atrof muhitga ta’siri to‘g‘risidagi bayonoti loyihasi uchun ekspertiza xulosasi olingan. Ushbu lokal suv tozalash inshooti bir kunda 633,365 m3 oqova suvni tozalash imkonini beradi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!