Trampning hibsga olinishi mumkinligi haqidagi xabarlar fonida Oq uy AQShdagi vaziyatni kuzatmoqda

Trampning hibsga olinishi mumkinligi haqidagi xabarlar fonida Oq uy AQShdagi vaziyatni kuzatmoqda

Oq uy sobiq prezident Donald Trampning hibsga olinishi ehtimoli haqidagi xabarlar fonida AQShdagi vaziyatni diqqat bilan kuzatmoqda va namoyishlar tinch o‘tishiga umid qilmoqda.

Bu haqda Fox News telekanaliga bergan intervyusida Oq uy Milliy xavfsizlik kengashining strategik aloqalar bo‘yicha koordinatori Jon Kirbi ma’lum qildi.

“Biz vaziyatni imkon qadar kuzatib boramiz. Albatta, biz hech qanday zo‘ravonlik bo‘lishini xohlamagan bo‘lardik”, — deya uning so‘zlarini keltiradi TASS.

Shuningdek, AQSh ma’muriyati mamlakatda tartibsizliklarga tayyorgarlik ko‘rilayotganiga oid dalillarni hali ko‘rmayotganini aytdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!