Tramp tarafdorlarini unga qarshi ayblovlarga qarshi petisiyaga imzo chekishga chaqirmoqda

Tramp tarafdorlarini unga qarshi ayblovlarga qarshi petisiyaga imzo chekishga chaqirmoqda

AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp o‘z tarafdorlarini o‘ziga qo‘yilgan yangi ayblovlarga qarshi petisiyaga imzo chekishga va saylov kampaniyasiga 3,3 ming dollargacha xayriya qilishga chaqirdi.

“TASS”ning Business Insider portali ma’lumotlariga tayanib xabar berishicha, Tramp jamoasi 74 million siyosatchi tarafdorlariga chaqiruvga javob berishni so‘rab xat yo‘llagan.

“Ular sizni qo‘rqitmoqchi va ovozingizni bekor qilmoqchi”, — deyiladi nashr xabar matnidan.

21 mart kuni Tramp tarafdorlari siyosatchiga ayblov e’lon qilinishi mumkin bo‘lgan Nyu-York sudiga borishdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!