Toyloq tuman sudi raisi noqonuniy yo‘llar bilan xorijga chiqib ketgani rostmi?
Ijtimoiy tarmoqdagi ayrim kanallarda “Ibratli sudya” mukofoti sohibi bo‘lgan Toyloq tuman sudi raisi go‘yoki noqonuniy yo‘llar bilan xorijga chiqib ketganiga oid xabarlar tarqalmoqda.
Bu masala bo‘yicha Sudyalar oliy kengashi matbuot xizmati rasmiy bayonot berdi.
Ayni paytda Toyloqda uchta – jinoyat, fuqarolik va iqtisodiy ishlari bo‘yicha tuman va tumanlararo sudlari faoliyat ko‘rsatmoqda.
2022 yil yakunlariga ko‘ra “Ibratli sudya” mukofotiga mazkur tuman (tumanlararo) sudi raisi emas, balki umuman boshqa - Payariq tumanlararo iqtisodiy sudning raisi (ayni paytda Samarqand viloyat sudining iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudyasi) B.Jurayev munosib deb topilgan.
Agar gap fuqarolik ishlari bo‘yicha Toyloq tumanlararo sudining sobiq raisi J. Xamrayev haqida ketayotgan bo‘lsa, u Sudyalar odobi kodeksi talablarini buzganligi uchun lavozimidan ozod etilib, sudyalik vakolatlari muddatidan ilgari tugatilgan. Uning keyingi faoliyati bo‘yicha Kengash ma’lumotga ega emas.
