Toshkentning Mirobod va Chilonzor tumanidagi kafelarida yong‘in sodir bo‘ldi

Toshkentning Mirobod va Chilonzor tumanidagi kafelarida yong‘in sodir bo‘ldi

Deyarli bir vaqtda sodir bo‘lgan yong‘in, bugun tongda Toshkent shahrining Mirobod va Chilonzor tumanlarida yuz berdi. Ma’lum bo‘lishicha, kelib chiqqan vaziyat oqibatida Nukus ko‘chasi 10-uyda joylashgan “Buxoro” kafesining oshxonasi hamda Bunyodkor shox va Cho‘ponota ko‘chalari chorrahasida joylashgan ijarada bo‘lgan “Bistrof” kafesining qariyb 190 kv.m.ga zarar yetgan. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar bermoqda.

Ushbu holat yuzasidan Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining 8 ta yong‘in o‘chirish ekipaji hamda 2 avtonarvon zudlik bilan voqea joyiga yetib keldi. Yong‘in-qutqaruchilarining olib borgan tezkor sa’y-harakatlari natijasida binolarning 430 kv.m. maydoni saqlab qolingan. Jabrlanganlar to‘g‘risida ma’lumotlar kelib tushmagan.

Yong‘inning kelib chiqish sabablari o‘rganilmoqda, deyiladi xabarda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!