Bugungi kunda Majburiy ijro byurosi Andijon viloyati boshqarmasi va uning hududiy bo‘limlari ish yurituvida 37 mingdan ziyod aliment undiruvi bilan bog‘liq ijro hujjatlari mavjud. Yil boshidan shu kunga qadar aliment oluvchi fuqarolarga 85 mlrd. so‘mdan ortiq pul mablag‘lari undirib berilishi ta’minlandi.
Aliment to‘lovini o‘z vaqtida to‘lamasdan, farzandlari moddiy ta’minotidan bo‘yin tovlab kelayotgan fuqarolarga nisbatan esa javobgarlik choralari ko‘rib borilmoqda.
Xususan, bugun viloyatimizning barcha hududlarida sayyor sudlar tashkil etilib, alimentdan qarzdor shaxslarning javobgarlik masalasi ko‘rib chiqildi. Jumladan, Qo‘rg‘ontepa tumanida 13 nafar, Andijon tumanida 11 nafar, Asaka tumanida 10 nafar aliment to‘lovlaridan qarzdorligi bo‘lgan shaxslarga 15 sutka ma’muriy qamoq chorasi qo‘llanildi.
Tahlillarga ko‘ra, 13.06.2024 yilda o‘tkazilgan sud majlislari davomida viloyat bo‘ylab jami 100 nafar fuqaroga ma’muriy javobgarlik chorasi ko‘rilgan va 3 nafar fuqaroga jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Yil boshidan esa ushbu ko‘rsatkich 666 tani tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 40 taga oshganligi ma’lum bo‘ldi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
“UzAuto Motors” 2025 йил 21 июлдан бошлаб мижозларга Chevrolet Onix, Tracker ва Damas моделдаги автомобилларни янги шартларда харид қилиш имконини тақдим этмоқда.
Россия иккиламчи бозорида Ўзбекистонда йиғилган Chevrolet Cobalt (ушбу модел Ravon R4 номи остида сотилмоқда) машинасининг ишончлисини топиш мумкин, деди «За Рулём» журналининг автоэксперти Сергей Зиновьев.
Боку Россия билан муносабатлардаги зиддият туфайли МДҲ иқтисодий кенгашида иштирок этишдан бош тортди. Бу қарор икки давлат ўртасидаги кескинлашув фонида қабул қилинди.
АҚШнинг Исроилдаги элчиси Майк Хакаби Исроил ҳукуматининг масиҳий ташкилотлар ва уларнинг хорижий ходимларига нисбатан ҳаракатларидан жиддий норозилик билдирди.
Санкциялар таркибига қурол етказиб беришни тўхтатиш, ҳарбий ҳамкорлини якунлаш, суд орқали жавобгарликни кучайтириш, шунингдек, Исроил компанияларга нисбатан иқтосодий чекловлар жорий этиш каби бандлар киради.