Toshkentlik erkak farg‘onalik erkakni salkam 100 millionga chuv tushirdi

Toshkentlik erkak farg‘onalik erkakni salkam 100 millionga chuv tushirdi

2019 yil 14 iyun kuni Toshkent viloyatining Zangiota tuman IIBga tushgan hujjatlarga ko‘ra, 2018 yil 25 mart kuni Yangiyo‘l tumanida yashovchi 37 yoshli K.M. Farg‘ona viloyati Dang‘ara tumanida yashovchi 25 yoshli L.Q.ga armatura mahsulotlarini olib berishini va’da qilib, undan 98 000 000 so‘m pullarini olib o‘z ehtiyojlari yo‘lida ishlatib yuborganligi ko‘rsatilgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar  boshqarmasining yozishicha, holat yuzasidan K.M. ushlangan. Holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat  ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!