"Toshkentga kelib, fohishalik qilishga majbur bo‘ldim": IIB xodimiga pora taklif qilgan ayolga hukm o‘qildi

A A A
"Toshkentga kelib, fohishalik qilishga majbur bo‘ldim": IIB xodimiga pora taklif qilgan ayolga hukm o‘qildi

“Og‘zi kuygan qatiqni ham puflab ichadi”, deyishadi. Biroq “qahramoni”miz ayol nomiga dog‘ tushiradigan “hunar” bilan qo‘lga tusha turib, fikr qilish va o‘ziga tegishli xulosa chiqarish o‘rniga yana bir jinoyatga qo‘l uradi...

Jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tuman sudining ochiq sud majlisida 23 yoshli ayolga nisbatan ko‘rilgan jinoyat ishining ish hujjatlariga ko‘ra, u Toshkent shahar, Chilonzor tumanidagi Toshkent shahar IIBB PPXB binosi oldida Mirobod tumani IIO FMB 1-sonli IIB XPB profilaktika inspektoriga qonunga xilof ekanligini bila turib, unga pora taklif qiladi. Gap shundaki, shu kuni Toshkent shahar IIBB tomonidan o‘tkazilgan “Oriyat” tadbiri davomida ayolning fohishalik bilan shug‘ullanganligi aniqlangan. Mazkur holat bo‘yicha belgilangan tartibda hujjatlarni rasmiylashtirmaslik evaziga 200 AQSh dollarini pora tariqasida bergan vaqtida Bosh prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining Chilonzor tuman bo‘limi va Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Sud majlisida sudlanuvchi aybiga iqror bo‘ldi. Ayolning so‘zlariga ko‘ra, 2021 yilda Toshkent shahriga ayollar salonida ishlash maqsadida kelgan. Lekin ish topa olmagach, “SPA” salonda ishlagan.

— Boshqa ish topa olmagach, fohishalik bilan shug‘ullanishga majbur bo‘ldim. Shu ish bilan mijoz topish orqali shug‘ullanganman. O‘sha kuni tungi soat 01:00 larda 4 nafar dugonalarim bilan foxishalik bilan shug‘ullanish uchun bir restoran yoniga bordik. Oradan bir yarim soat o‘tgach, “Kaptiva” rusumli avtomashinada ikki nafar yigit keldi. Dugonam bilan mashinadan tashqarida gaplashishdi va undan “dam olishga qizlar bormi?” deb so‘rashdi. Yigitlar hammamizni biz o‘tirgan mashinadan tushishimizni so‘radi. Men va yana mashinada bo‘lgan uch nafar dugonam mashinadan tushdik. Yigitlar bizni ko‘rganidan so‘ng, dugonam bilan savdolashishdi. Dugonam “xizmat” xaqi 800 000 so‘m bo‘lishini aytdi, yigitlar rozi bo‘lishdi. Shu payt yonimizga bir nechta IIB xodimlari kelib, o‘z xizmat guvoxnomalarini ko‘rsatishdi. “Oriyat tadbiri” o‘tkazilayotganligini aytib, bizni va avtomashina egasini Toshkent shahar IIB PPX brigadasiga olib borishdi, - deydi sudlanuvchi ayol.

Shu yerda profilaktika inspektori qizlar bilan, shu jumladan sudlanuvchi bilan ham suhbatlashib, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 190-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etganlari yuzasidan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma rasmiylashtirishni aytgan. Holat yuzasidan tushuntirish xati yozib berishni ham so‘ragan. Shu payt sudlanuvchi tuman IIBdagi profilaktika inspektorini ko‘rib qoladi. Uning galdagi jinoyatni sodir qilishiga ayni shu holati sabab bo‘ladi.

— U inspektor oldin menga ayni shu modda bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirgandi. Shu sababli uni tanib qolib, unga murojaat qildim. Unga bo‘lib o‘tgan holatni gapirib berdim va yonimdagi bor pulimni berishimni, faqat bu yerdan chiqarib berishini so‘radim. Oradan biroz vaqt o‘tgach, inspektor yonimga kelib, “gaplashdim, profilaktika inspektori ertalab chiqarib ketadi”, dedi. Keyin u oldimga kelib, tushuntirish xati yozib berishimni, ertalab chiqarib yuborishini aytdi. Yozdim va profilaktika inspektori bizga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirishni boshladi. Menga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirmasligini, ishni sudga oshirmaslikni iltimos qildim. “Nima sabab?”, deb so‘radi. Ota-onam xasta ekanini va ushbu holat bo‘yicha ular istiqomat qiluvchi manzilga bu haqda ma’lumot borsa, ularning axvoli og‘irlashishi mumkinligini bildirdim. Profilaktika inspektoridan qo‘yib yuborishini so‘raganimda, “Hujjat rasmiylashtirmasdan chiqarib yuborsam, qancha bera olasiz?” deb so‘radi. Yonimda 200 AQSh dollari borligini aytdim, rozi bo‘ldi. Keyinroq gaplashishni aytib, chiqib ketdi. Oradan biroz vaqt o‘tib, biz saqlanayotgan Toshkent shahar IIBB PPX brigadasining binosiga profilaktika inspektori kirib keldi va hamkasbidan meni chiqarib yuborishini so‘radi, ular pul oldi-berdisi haqida gaplashib qolishdi. Xullas, inspektor avval pul berilmasa chiqarmasligini bildirdi. Cho‘ntagiga 200 AQSh dollarini solganimdan so‘ng, meni va inspektorning yoniga notanish bo‘lgan bir guruh shaxslar video kamera yoqqan holda kelishdi. O‘z xizmat guvoxnomalarini ko‘rsatishib, o‘zlarini IJQK Departamentning Chilonzor tuman bo‘limi xodimlari va IIB xodimlari bilan birgalikda tezkor tadbir o‘tkazilayotganligini aytishdi. Mendan nima sababdan profilaktika inspektoriga 200 AQSh dollarini berganimni so‘rashdi. Ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirmaslik va ishni sudga oshirmaslik, qo‘yib yuborishlari uchun pul berganimni aytdim... - deydi qilgan ishidan pushaymonligini qo‘shib o‘tgan sudlanuvchi.

Sudlanuvchi aybiga iqror bo‘lgan bo‘lsa-da uning aybi, dalillar bilan ham isbotlandi.

SUD HUKM QILDI...

Sudlanuvchi Jinoyat kodeksining 211-moddasi (pora berish) 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topildi va 13 500 000 so‘m jarima jazosi tayinlandi.

Ja’far KURBANOV,

jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tuman sudi sudyasi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Mashhur aktyor o‘z kvartirasidan o‘lik holda topildi

Унинг энг эсда қоларли ролларидан бири Жим Керри ва Кэмерон Диаз билан бирга суратга тушган "Ниқоб" фильмидаги гангстер Дориан Тирелл роли эди.

FIFA Argentina terma jamoasini 2026 yilgi jahon chempionatidan chetlashtirishi mumkin

Бу ҳақда La Nacion газетаси хабар бермоқда.

DIQQAT! «Damas» va «Labo» haydovchilari ogoh bo‘ling!

Унга кўра, ўтказилган текширувлар натижасида мазкур маҳсулотларнинг сифати амалдаги стандарт талабларига жавоб бермаслиги аниқланган.

Qarshida saunada faoliyat yuritgan fohishaxona aniqlandi

Махсус тадбир пайтида у порaнинг бир қисми ва ашёвий далиллар билан ушланган.

FIFA JCH-2026 qur’asi yuzasidan O‘zbekistonga murojaat qildi

ФИФА матбуот хизмати 2026 йилги жаҳон чемпионати қуръаси натижаларидан кейин Инстаграм орқали Ўзбекистон терма жамоасига мурожаат қилди.

Messi Bollivud yulduzi Shohrux Xon bilan uchrashdi (foto)

Аргентина терма жамоаси ва "Интер Майами" юлдузи Лионель Месси Ҳиндистонга 3 кунлик ташриф билан келди.

Ming afsus! AQShdagi otishmada o‘zbek talaba halok bo‘ldi

Бу ҳақда Ташқи ишлар вазирлиги расмий вакили маълум қилиб, марҳумнинг оила аъзолари ва яқинларига чуқур ҳамдардлик билдирган.

Slot bilan mojaro yakunlanganidan keyingi dastlabki o‘yindayoq Saloh APL rekordini o‘rnatdi

"Ливерпуль" форварди Муҳаммад Салоҳ АПЛнинг 16-туридан ўрин олган "Брайтон"га қарши ўйинда бир клуб сафида энг кўп голларда иштирок этиш бўйича Англия Премьер-лигаси рекордини ўрнатди.

Hududlar “ertami kechmi” baribir Moskvaga tegishli bo‘ladi

Путиннинг ёрдамчиси Донбассдан ҳар икки томоннинг қўшинлари олиб чиқилишини истисно қилмади, бироқ ҳудудлар “эртами кечми” барибир Москвага тегишли бўлишини айтди. Юрий Ушаков

"Neftchi" bomba transferlar tayyorlamoqda

Суперлиганинг амалдаги чемпиони "Нефтчи" келаси мавсумда ҳам ўз олдига юқори мақсадлар қўймоқда.

2026 yilda oylik, stipendiya, pensiya va nafaqalar oshiriladi

Пенсия тўловларига 86,1 трлн сўм, нафақаларга 14 трлн сўмдан ортиқ маблағ ажратилиши кутилмоқда.

O‘zbekiston bo‘ylab sovuq antisiklon va inversiya uzoqroq davom etadi

Мамлакат ҳудудида кузатилаётган совуқ антициклон таъсири 5 декабрга қадар сақланиб туриши кутилмоқда. Демак, 5 декабрь кунига қадар ёмғирдан дарак йўқ.

Temur Kapadze Indoneziya terma jamoasida qancha maosh oladi?

Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Темур Кападзе Индонезия термасида иш бошлашга яқин турибди.

Fabio Kannavaro Italiya U-17 - O‘zbekiston U-17 o‘yiniga munosabat bildirdi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.

Sibirdan Orol dengiziga suv yo‘naltirilishi mumkin

Бу ташаббус “Қуруқлик сув ресурслари” бўйича илмий кенгашининг октябрь ойидаги йиғилишида кўриб чиқилган.

O‘zbekistonlik futbolchi faoliyatini Yevropa klubida davom ettirishga yaqin

Абдуғани Камолов Қирғизистоннинг “Бишкек Сити” клубини тарк этиб, Косово чемпионати вакили билан шартнома имзолаши кутилмоқда. Бу ҳақда Asia-Sport.uz телеграм канали хабар берди.

«Dahshatli summalar»: AQSh biznesi Rossiyaga qarshi sanksiyalar tufayli qancha yo‘qotgani ma’lum bo‘ldi

Бу ҳақда Россиядаги Америка савдо палатаси (AmCham) раҳбари Роберт Эйжи RTVI’га берган интервьюсида маълум қилди.

AQSh Ukrainaga “juda kuchli xavfsizlik kafolatlarini” va’da qildi

Ҳали муҳокама қилиниши керак бўлган баъзи масалалар мавжуд, аммо президент Доналд Трамп эришилган ютуқдан мамнун.

Abdumalik Halokov ishi bo‘yicha IBA’ga apellyasiya beriladi

Бирлашган Араб Амирликларининг Дубай шаҳри мезбонлик қилган ва Халқаро бокс ассоциацияси (IBA) томонидан ташкил этилган Жаҳон чемпионатида Ўзбекистон терма жамоаси тўлиқ таркибда — 13 нафар боксчи билан иштирок этди.

Ukraina Xavfsizlik xizmati ilk bor Rossiya suvosti kemasiga hujum qildi

Таъкидланишича, портлаш оқибатида сувости кемаси жиддий даражада шикастланган ва амалда сафдан чиқарилган.

Bekobodda piyodani urib yuborib kanalga tashlagan IIB xodimiga xotini ham yordam bergan

Бекобод шаҳар ИИБ катта тезкор вакили мast ҳолда Nexia’да пиёдани уриб кетиб, жабрланувчига ёрдам кўрсатмаган.

«Qirg‘iziston aeroportlari» beshta xizmatdan chiqqan samolyotni auksionga qo‘ydi

Айни пайтда ушбу самолётлар «Манас» халқаро аэропорти ҳудудида жойлашган.

Kuchli yomg‘ir G‘azodagi “Al-Shifo” shifoxonasi va ko‘chirilganlar chodirlarini suv ostida qoldirdi

Табиий офат натижасида юзлаб чодирлар вайрон бўлган.

Zelenskiy Berlindagi muzokaralardan so‘ng “tinchlik rejasi” bo‘yicha keyingi qadamlarni ochiqladi

Бу учрашув келаси ҳафтанинг охирига қадар бўлиши мумкин.

Ukraina aholisining ko‘pchiligi Donbassni Rossiyaga berishni istamaydi hamda Zelenskiyga ishonadi — Kiyev xalqaro sosiologiya instituti

Институт томонидан ўтказилган сўровнома иштирокчиларининг 72 фоизи қуйидаги шартларни ўз ичига олган тинчлик режасига рози бўлиши мумкинлигини билдирган: урушни ҳозирги фронт чизиғида “музлатиб қўйиш” ва Украина учун хавфсизлик кафолатлари — аммо оккупация қилинган ҳудудларни расман Россияники деб тан олмасдан. 14 фоиз иштирокчи бундай режани ҳам рад этган.

AQShlik mashhur rejissyor Rob Rayner va uning rafiqasi uyida o‘lik holda topildi

АҚШлик машҳур кинорежиссёр Роб Райнер ва унинг турмуш ўртоғи Мишель Райнер Лос-Анжелесдаги ўз уйида ўлик ҳолда топилди.

Germaniya TIV rahbari Rossiyani «NATOga qarshi urushga tayyorgarlik ko‘rishda» aybladi

Германия ташқи ишлар вазири Йоханн Вадефуль Россияни «агрессив ва империалистик сиёсат» юритишда айблаб, Москва НАТОга қарши урушга тайёргарлик кўраётганини билдирди.

Kolumbiyada maktab avtobusi halokatga uchradi

Губернаторнинг сўзларига кўра, ўқувчилар якшанба куни кечқурун пляжда битирув маросимини нишонлаган.

Bekobodda IIB xodimi mashinada odam o‘ldirib qo‘yib, Sirdaryoga oqizib yuborgani aytilmoqda

Бекобод туманида ИИБ Жиноят қидируви бўлими ходими Nexia-3 автомашинасида 43 ёшли пиёдани уриб юбориб, унинг ўлимига сабаб бўлган.

Tramp Vashingtonda g‘alaba arkasi qurilishini e’lon qildi — CNN

АҚШ президентининг айтишича, арка Париждагига ўхшаш кўринишда, лекин ўлчамлари “бошқа аркаларни соясида қолдирадиган” даражада улкан бўлади.

Marokashdagi kuchli suv toshqinlari 37 kishining hayotiga zomin bo‘ldi

14-декабр куни Марокашнинг Сафӣ шаҳрида кучли ёмғирлар оқибатида сув тошқинлари юз берди.

Avstraliya hukumatlari qurol to‘g‘risidagi qonunlarni kuchaytirishni rejalashtirmoqda

Австралия бош вазири Энтони Албанезе Сиднейдаги Бонди-бич соҳилида содир этилган, 15 нафар инсон ҳалок бўлган ҳужумдан сўнг мамлакатда қурол тўғрисидаги қонунларни кучайтириш таклифи билан чиқди.

Los-Anjelesda Rob Rayner uyida ikki kishi o‘lik holda topildi

Лос-Анжелесда голливудлик актёр ва режиссёр Роб Райнерга тегишли уйда бир эркак ва бир аёл ўлик ҳолда топилди, деб хабар бермоқда маҳаллий оммавий ахборот воситалари.

Rossiya Belgiyaning Euroclear kompaniyasidan muzlatilgan aktivlar uchun qariyb 230 milliard dollar talab qilmoqda

Бу ҳақда ТАСС агентлиги хабар берди, деб ёзади «Европача правда».

Sidneydagi terrorchining qo‘lidan avtomatni tortib olgan erkakning ahvoli qanday?

Бироқ шундан сўнг террорчи кўприк томонга қочиб, бошқа қуролдан яна ўқ узишни давом эттирган.

Sidneydagi otishmada ravvin halok bo‘ldi

Полиция ҳужумнинг учинчи эҳтимолий иштирокчисини ҳибсга олди

G‘allaorol va Zafarobodda kelinlik sarpolari MIB tomonidan olib berildi

Аёллар ўзларига тегишли бўлган сарполарни собиқ турмуш ўртоқларининг уйларидан олиб кетишга уринганларида қаршиликка учраганлар.

Sidneydagi otishmani uyushtirganlardan biri pokistonlik muhojirmi?

Исроил ташқи ишлар вазири Гидеон Саар Сиднейдаги теракт сабаб чуқур қайғуда эканини билдирди

Sudanda armiyani qo‘llab ommaviy namoyishlar o‘tkazildi

Суданнинг бир нечта шаҳарларида минглаб одамлар армияни қўллаб кўчаларга чиқди. Бу намойишлар, давлат органлари чақирувига биноан, мамлакатдаги ҳарбий ҳаракатларни қўллаб-қувватлаш мақсадида ташкил этилди.

BMTdagi Falastinaning doimiy vakili: Isroil etnik tozalash va hujumlarni kuchaytirishni davom ettirmoqda

Исроил фаластин халқига нисбатан «ҳужумларнинг кучайиши»ни давом эттирмоқда. Бу жараёнга ишғол қилинган Ғарбий соҳил ҳамда Ғазо секторида ерларни босиб олиш, шунингдек «этник тозалаш» сиёсати ҳам киради.