Toshkentdagi «Versal» to‘yxonasi sotuvga qo‘yildi

Toshkentdagi «Versal» to‘yxonasi sotuvga qo‘yildi

 

«Munisipal aktivlarni boshqarish markazi» DUK ta’sischiligidagi «Tantana Servis» MCHJ balansidagi «Versal» restorani sotuvga qo‘yildi.

Bu haqda «Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi» DUK Axborot xizmati xabar bermoqda.

Restoran umumiy maydoni 0,3357 ga.ni egallagan. Ushbu xizmat ko‘rsatish ob’ekti O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga qarashli sanaladi.

Ma’lum bo‘lishicha, restoranning baholangan boshlang‘ich qiymati 34,6 milliard so‘mdan ziyod summani tashkil etadi.

Auksion ochiq ko‘rinishda bo‘lib o‘tishi rejalangan. Mazkur auksonning o‘tkazilish muddati 15 iyunga belgilanib, arizalar 13 iyungacha qabul qilinadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!