Futbol bo‘yicha JCh finali chiptalari narxi 11 000 dollargacha ko‘tarildi
2026 yilgi jahon chempionati finali chiptalari tarixdagi eng yuqori narxga yetdi. FIFA tomonidan belgilangan yangi narxga ko‘ra, eng qimmat chipta 10 990 dollarni tashkil etadi. Bu haqda BBC xabar berdi.
Bu narx avvalgi ;ahon chempionatlari finallari uchun sotilgan chiptalar narxidan taxminan yetti baravar yuqori. Shu munosabat bilan muxlislar o‘rtasida qizg‘in munozaralar yuzaga keldi va ijtimoiy tarmoqlarda tanqidiy fikrlar kuchaydi.
2026 yilgi jahon chempionati finali chiptalarining birinchi ommaviy savdosida chiptalar narxi 10 990 dollarga yetdi, bu futbol o‘yinlari tarixidagi eng qimmat chipta sifatida qayd etildi.
Avvalroq, turnir mezbon mamlakatlari — AQSH, Kanada va Meksika tomonidan taqdim etilgan dastlabki takliflarda final chiptalari narxi 1550 dollardan oshmasligi ko‘rsatilgan edi. Biroq, o‘tgan yilning dekabr oyida rasmiy fan-klub a’zolariga chiptalar 8680 dollargacha taklif qilingan edi, ammo ochiq savdo boshlanganidan keyin narxlar yanada oshdi.
Taqqoslash uchun, Qatarda bo‘lib o‘tadigan 2022 yilgi ;ahon chempionati finali uchun eng qimmat chipta 1604 dollarga tushdi. Shunday qilib, 2026 yilgi turnir narxlari misli ko‘rilmagan darajaga ko‘tarildi.
Mutaxassislar narxlarning bunday keskin o‘sishini dinamik narxlash tizimi bilan izohlashadi. Ushbu usulga ko‘ra, FIFA chipta narxlarini talab darajasiga qarab o‘zgartiradi. Final o‘yini uchun mavjud bo‘lgan o‘rindiqlar sonining cheklanganligi ham narxning oshishiga ta’sir ko‘rsatdi.
Ochiq savdoda chiptalar narxi dekabrdagi birinchi partiyaga nisbatan 38 foizga oshgani aytilmoqda. Xususan:
- birinchi toifali chipta — 10 990 dollargacha;
- ikkinchi toifali chipta — 7 380 dollargacha;
- uchinchi toifali chipta — 5 785 dollargacha.
FIFA sotuvga qo‘yilgan chiptalarning to‘liq ro‘yxatini ham, aniq sonini ham e’lon qilmadi, bu esa umumiy savdoni taxmin qilishni qiyinlashtiradi.
Shunga qaramay, kuzatuvchilarning ta’kidlashicha, eng mashhur o‘yinlarga, ayniqsa, yetakchi jamoalar va muhim pley-off o‘yinlariga talab keskin oshdi. Bu muxlislarning noroziligiga sabab bo‘ldi. Dekabrm oyidagi birinchi chiptalar partiyasining narxi ba’zi mutaxassislar tomonidan "muxlislarga nisbatan ulkan xiyonat" deb ta’riflangan. Biroq, FIFA cheklangan miqdordagi chiptalarni 60 dollardan boshlab taklif qilgan.
Eslatib o‘tamiz, 2026 yilgi ;ahon chempionati 11 iyunda AQSH, Kanada va Mekcikada boshlanadi.
