«Barselona» qanot hujumchisi Lamin Yamal «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritsa va shartnomadagi qo‘shimcha shartlar bajarilsa, maosh bo‘yicha Madridning «Real» klubi hujumchisi Kilian Mbappeni qariyb to‘rt barobarga ortda qoldirishi mumkin. Bu haqda L'Équipe nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, hozirda kataloniyaliklar vingeri oyiga 1,33 mln yevro maosh oladi va Ispaniya chempionatida eng ko‘p maosh oluvchi futbolchilar beshtaligiga kirmaydi. La Ligada eng yuqori maosh oluvchi futbolchilar — Kilian Mbappe va Vinisius Junior bo‘lib, ular oyiga 2,67 mln yevro ishlab topishadi.
Biroq Yamal «Oltin to‘p»ni yutib olsa, shuningdek o‘yinlar soni, gollar va sovrinlar bo‘yicha belgilangan maqsadlarga erishsa, uning maoshi yana 10 mln yevroga oshishi mumkin. Shu tariqa ispaniyalik futbolchi fransuz va braziliyalik yulduzlarni qariyb to‘rt barobarga ortda qoldiradi.
Joriy mavsumda Yamal «Barselona» safida barcha musobaqalarda 40 ta uchrashuvda maydonga tushib, 21 ta gol urdi va 14 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.
Шунингдек, қўлга олиш жараёнида воқеа жойидан қочишга уринган тадбиркорнинг ёнидан 14,5 минг АҚШ доллари ва 6 млн 250 минг сўм пул маблағлари ҳам олинган.
Дастлабки маълумотларга кўра, қайиқда ўнлаб одамлар бўлган ва уларнинг бир қисми қутқариб қолинган. Ҳодиса жойида қутқарув хизматлари иш олиб бормоқда.