Toshkentdagi 110-sonli maktabda rostdan ham o‘quvchilarning paypog‘i tekshirilganmidi? (VIDEOFAKT)

A A A
Toshkentdagi 110-sonli maktabda rostdan ham o‘quvchilarning paypog‘i tekshirilganmidi? (VIDEOFAKT)

Xalq ta’limi vazirligi Toshkentdagi 110-sonli maktabda o‘quvchilarning paypog‘i uzun-kaltaligi tekshirilganligi borasida munosabat bildirdi.

"110-maktabdagi holat to‘liq o‘rganildi. Ota-onalardan bola maktabdan uyga olib kelayotgan gapni tagiga yetmasdan, o‘qituvchi va maktabning obro‘sini to‘kkandan ko‘ra, uning tarbiyasiga ko‘proq e’tibor qaratishlarini so‘raymiz!  (To‘liq videoni ko‘rib, xulosa qiling!)

Afsuski, ba’zi ota-onalar farzandining tarbiyasi bilan shug‘ullanish o‘rniga uni ortiqcha erkalatib, o‘qituvchi va maktabni ayblab, ayniqsa bugun o‘zi yetarli bo‘lmagan erkak o‘qituvchilarni ishiga xalal berishni afzal ko‘rmoqda.  Bloger tomonidan shov-shuv qilib ko‘tarilgan va tizim imijiga juda salbiy ta’sir qilgan 110-maktabdagi holat o‘rganildi. Holat juda keng muhokamalarga sabab bo‘lgani uchun, o‘sha kuni dars vaqtida yuz bergan sinfdagi videotasvir to‘liq namoyish etilmoqda (bolalar shaxsini berkitish uchun tasvirning ayrim joylari xiralashtirilgan). Marhamat, ko‘rib, o‘zingiz xulosa qiling!

Videotasvirdagi holat 110-umumta’lim maktabining chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fani o‘qituvchisi hamda direktor o‘rinbosari o‘quvchining telefon o‘ynab o‘tirganini hamda o‘qituvchiga nisbatan hurmatsizlikni ko‘rib, sinfga kirishga majbur bo‘lgan vaqtida yuz bergan. Telefon bilan bog‘liq holat muhokama qilinganidan so‘ng ular tomonidan bolalar tartibga chaqirilgan hamda o‘quvchilarning o‘zlarini darsda tutishlari, o‘qituvchiga hurmat, darsga e’tibor qilish, jismoniy tarbiya kiyimida darsda o‘tirmaslik kabi masalalar bo‘yicha tushuntirish berilgan. Videotasvirdan bu holat bloger aytganidek 20 daqiqa emas, 9 daqiqa davom etgani ko‘rinib turibdi. O‘zbek tili darsi buzildi deb jar solayotgan o‘zbek tili himoyachisi, o‘quvchilarning o‘zbek tili o‘qituvchisini va darsni qanchalik behurmat qilayotganini ham ushbu videodan xolis o‘rganib, ota-onalarni ham o‘z farzandlari tarbiyasiga e’tiborliroq bo‘lishga chaqirishini istab qolardik. 

Videodagi o‘quvchilarning yurish-turishidan tortib, o‘zini tutishigacha xatti-harakatlari ota-onalardan bola tarbiyasiga yana bir karra e’tiborliroq bo‘lish lozimligini talab qiladi. 

Videotasvirni diqqat bilan kuzatadigan bo‘lsak, o‘qituvchi tomonidan dars so‘nggigacha muhokamalarga sabab bo‘lgan mavzu haqida so‘z bormaganiga guvoh bo‘lish mumkin. Muhokamalarga sabab bo‘lgan mavzu esa tanaffusga qo‘ng‘iroq chalinganidan so‘ng o‘qituvchi tomonidan o‘quvchi qizning nega bunday kiyimga e’tibor qilayapsizlar degan mazmundagi savoliga javob tarzidagi shaxsiy fikri sifatida aytilganligi ma’lum bo‘ldi. O‘quvchilarning xatti-harakatlari tufayli 2 nafar erkak o‘qituvchi biroz qizishib gapirgan va direktor o‘rinbosar kelgusida bunday holatga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha ogohlantirilgan. Lekin videodan ko‘rinib turibdiki, ataylab shov-shuv qilingan mavzu bo‘yicha o‘qituvchi kirib darsda ma’ruza qilmagan va bolalar paypog‘ini o‘lchab rasmga olmagan. Bu bo‘yicha vazirlik tomonidan maktablarga hech qanday topshiriq bo‘lmaganligini ham avval ma’lum qilganmiz.

Bloger o‘z postida “qora piar ham piar” deb o‘zi ushbu bolalar uchun keragi yo‘q bo‘lgan hamda bizning jamiyatimizda muhokama qilinishi ziddiyatlarni keltirib chiqaradigan mavzuda juda katta rezonansga sabab bo‘lib qoldi, bilibmi yoki bilmay, bu bizga qorong‘u. 

Hurmatli blogerlar va OAV vakillaridan farzandlarimiz tarbiyasiga salbiy ta’sir qiladigan hamda maktab va muallim nufuziga putur yetkazadigan mavzularni ko‘tarishda ehtiyot bo‘lishlarini so‘rab qolardik. Zero, bunday muhokamalar, bu kabi mavzularni odatiy holga aylanib ketishiga, oilaviy qadriyatlarimizga va farzandlarimiz tarbiyasiga putur yetkazishiga sabab bo‘ladi.

Ushbu bloger o‘zining keyingi postida maktablarda erkak o‘qituvchilar tobora kamayib borayotgani haqida so‘z yuritgan.  (https://t.me/shahnozxon/1416) Videoda 2 nafar erkak pedagogning o‘quvchilar tarbiyasiga befarq emasligini, ularning kelajagi uchun kuyunib gapirayotganiga guvohi bo‘lishingiz mumkin. Xo‘sh, agar har birimiz erkak o‘qituvchi berayotgan tarbiyaga mana shunday aralashadigan bo‘lsak, u holda bor erkak o‘qituvchilarni ham ta’lim tizimidan sovutib qo‘ymaymizmi?

Hurmatli ota-onalarga farzandi uyga gap tashib kelganida o‘qituvchini nohaqqa chiqarib, unga qo‘shilib o‘qituvchini yomonlamasdan, balki ustozini hurmat qilishni uqtirish zarurliginini anglab yetishsa nur ustiga a’lo nur bo‘lishini aytmoqchi edik. Mabodo maktabda qandaydir salbiy holat yuz berdi deb gumon qilinsa, holatni o‘rganmasdan, internetda shov-shuv ko‘tarish o‘rniga, maktab rahbariyatiga yoki tegishli organlarga murojaat qilish to‘g‘riroq bo‘lar edi.

Zero, Abdulla Avloniy aytganidek, «Tarbiya biz uchun yo hayot, yo mamot, yo najot – yo halokat, yo saodat – yo falokatdir», deyiladi vazirlikning munosabatida.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Mashhur aktyor o‘z kvartirasidan o‘lik holda topildi

Унинг энг эсда қоларли ролларидан бири Жим Керри ва Кэмерон Диаз билан бирга суратга тушган "Ниқоб" фильмидаги гангстер Дориан Тирелл роли эди.

FIFA Argentina terma jamoasini 2026 yilgi jahon chempionatidan chetlashtirishi mumkin

Бу ҳақда La Nacion газетаси хабар бермоқда.

DIQQAT! «Damas» va «Labo» haydovchilari ogoh bo‘ling!

Унга кўра, ўтказилган текширувлар натижасида мазкур маҳсулотларнинг сифати амалдаги стандарт талабларига жавоб бермаслиги аниқланган.

Qarshida saunada faoliyat yuritgan fohishaxona aniqlandi

Махсус тадбир пайтида у порaнинг бир қисми ва ашёвий далиллар билан ушланган.

FIFA JCH-2026 qur’asi yuzasidan O‘zbekistonga murojaat qildi

ФИФА матбуот хизмати 2026 йилги жаҳон чемпионати қуръаси натижаларидан кейин Инстаграм орқали Ўзбекистон терма жамоасига мурожаат қилди.

Ming afsus! AQShdagi otishmada o‘zbek talaba halok bo‘ldi

Бу ҳақда Ташқи ишлар вазирлиги расмий вакили маълум қилиб, марҳумнинг оила аъзолари ва яқинларига чуқур ҳамдардлик билдирган.

O‘zbekistonlik futbolchi faoliyatini Yevropa klubida davom ettirishga yaqin

Абдуғани Камолов Қирғизистоннинг “Бишкек Сити” клубини тарк этиб, Косово чемпионати вакили билан шартнома имзолаши кутилмоқда. Бу ҳақда Asia-Sport.uz телеграм канали хабар берди.

Messi Bollivud yulduzi Shohrux Xon bilan uchrashdi (foto)

Аргентина терма жамоаси ва "Интер Майами" юлдузи Лионель Месси Ҳиндистонга 3 кунлик ташриф билан келди.

"Neftchi" bomba transferlar tayyorlamoqda

Суперлиганинг амалдаги чемпиони "Нефтчи" келаси мавсумда ҳам ўз олдига юқори мақсадлар қўймоқда.

Slot bilan mojaro yakunlanganidan keyingi dastlabki o‘yindayoq Saloh APL rekordini o‘rnatdi

"Ливерпуль" форварди Муҳаммад Салоҳ АПЛнинг 16-туридан ўрин олган "Брайтон"га қарши ўйинда бир клуб сафида энг кўп голларда иштирок этиш бўйича Англия Премьер-лигаси рекордини ўрнатди.

2026 yilda oylik, stipendiya, pensiya va nafaqalar oshiriladi

Пенсия тўловларига 86,1 трлн сўм, нафақаларга 14 трлн сўмдан ортиқ маблағ ажратилиши кутилмоқда.

O‘zbekiston bo‘ylab sovuq antisiklon va inversiya uzoqroq davom etadi

Мамлакат ҳудудида кузатилаётган совуқ антициклон таъсири 5 декабрга қадар сақланиб туриши кутилмоқда. Демак, 5 декабрь кунига қадар ёмғирдан дарак йўқ.

Temur Kapadze Indoneziya terma jamoasida qancha maosh oladi?

Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Темур Кападзе Индонезия термасида иш бошлашга яқин турибди.

Fabio Kannavaro Italiya U-17 - O‘zbekiston U-17 o‘yiniga munosabat bildirdi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.

Sibirdan Orol dengiziga suv yo‘naltirilishi mumkin

Бу ташаббус “Қуруқлик сув ресурслари” бўйича илмий кенгашининг октябрь ойидаги йиғилишида кўриб чиқилган.

O‘zbekistonning "JCH–2026" guruh bosqichidagi raqibi o‘zgarishi mumkin

ФИФА 2026 йилги Жаҳон чемпионати саралаш босқичида Конго терма жамоаси сафида майдонга тушган айрим футболчиларнинг ўйнаш ҳуқуқини текширмоқда.

Finlandiya tashvishda: "Agar Ukraina bo‘yicha tinchlik kelishuviga erishilsa..."

Финландия бош вазири Петтери Орпо мамлакат иқтисодиёти жуда ёмон аҳволда эканини, бунинг асосий сабаби Россия томонидан келаётган таҳдидлар билан боғлиқлигини айтди.

Putin ayrim shaxslarning mablag‘larini cheklash to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Ular kimlar?

Ҳукумат Марказий банк билан келишилган ҳолда, оила аъзоларининг ҳар бири учун ойига 10 минг рубль миқдорида лимит белгилаган.

Bekobodda piyodani urib yuborib kanalga tashlagan IIB xodimiga xotini ham yordam bergan

Бекобод шаҳар ИИБ катта тезкор вакили мast ҳолда Nexia’да пиёдани уриб кетиб, жабрланувчига ёрдам кўрсатмаган.

To‘satdan kartangizdan pul yechilsa, hayron bo‘lmang!

ATTO компанияси хабар беришича, 3–4 декабрь кунлари амалга оширилган йўл ҳақи учун кечиктирилган тўловлар тизим томонидан ечиб олина бошлайди. ​Сабаби техник носозликлар бўлиб, баъзи тўловлар аввалроқ ечилмай қолган. ​Қўрқманг! Бу хатолик эмас, фақат ўша кунларда сарфлаган ҳақиқий суммагина ечилади.

Isroil G‘azoga 200 ming tonnadan ortiq bomba tashlagan — Rajab Toyyib Erdo‘g‘an

Яқинда Қора денгизда амалга оширилган ҳужумлар Қора денгизда кемалар қатнови хавфсизлигига жиддий таҳдид солмоқда. Тижорат ва фуқаролик кемаларига қилинган ҳужумлар ҳеч кимга фойда келтирмайди. Бу масала бўйича ҳар икки томонга ўз огоҳлантиришларимизни аниқ етказдик.

Tehronda turar-joy binosi qulab tushdi, odamlar vayronalar ostida qolib ketdi

Теҳроннинг Яфтобод туманида уч қаватли турар-жой биноси қулаб тушди.

Firibgarligi uchun qidiruvda bo‘lgan shaxs Istanbuldan tutib keltirildi

2023 йилдан буён Юнусобод тумани ИИО ФМБ томонидан қидирувга эълон қилинган фуқаронинг Туркия Республикаси Истанбул шаҳрида яшириниб юргани аниқланиб, ўтказилган тезкор тадбирлар давомида қўлга олинди ва Ўзбекистонга қайтарилди.

Afg‘onistondan olib kelingan giyohvandlik vositasi to‘xtatib qolindi

Афғонистондан контрабанда қилиниб, Бухоро шаҳри ҳудудига яшириб кетилган соф вазни 4 кг 715 г бўлган «опий» моддасини хуфия жойдан олган икки шахс қўлга олинди.

Namanganda 23 nafar bolaga noqonuniy diniy ta’lim bergan erkak ushlandi

У диний билимларни ижтимоий тармоқлардаги номаълум манбалардан мустақил ўрганган бўлиб, расмий диний маълумотга эга бўлмаган.

«Qirg‘iziston aeroportlari» beshta xizmatdan chiqqan samolyotni auksionga qo‘ydi

Айни пайтда ушбу самолётлар «Манас» халқаро аэропорти ҳудудида жойлашган.

Kuchli yomg‘ir G‘azodagi “Al-Shifo” shifoxonasi va ko‘chirilganlar chodirlarini suv ostida qoldirdi

Табиий офат натижасида юзлаб чодирлар вайрон бўлган.

Zelenskiy Berlindagi muzokaralardan so‘ng “tinchlik rejasi” bo‘yicha keyingi qadamlarni ochiqladi

Бу учрашув келаси ҳафтанинг охирига қадар бўлиши мумкин.

Ukraina aholisining ko‘pchiligi Donbassni Rossiyaga berishni istamaydi hamda Zelenskiyga ishonadi — Kiyev xalqaro sosiologiya instituti

Институт томонидан ўтказилган сўровнома иштирокчиларининг 72 фоизи қуйидаги шартларни ўз ичига олган тинчлик режасига рози бўлиши мумкинлигини билдирган: урушни ҳозирги фронт чизиғида “музлатиб қўйиш” ва Украина учун хавфсизлик кафолатлари — аммо оккупация қилинган ҳудудларни расман Россияники деб тан олмасдан. 14 фоиз иштирокчи бундай режани ҳам рад этган.

AQShlik mashhur rejissyor Rob Rayner va uning rafiqasi uyida o‘lik holda topildi

АҚШлик машҳур кинорежиссёр Роб Райнер ва унинг турмуш ўртоғи Мишель Райнер Лос-Анжелесдаги ўз уйида ўлик ҳолда топилди.

Germaniya TIV rahbari Rossiyani «NATOga qarshi urushga tayyorgarlik ko‘rishda» aybladi

Германия ташқи ишлар вазири Йоханн Вадефуль Россияни «агрессив ва империалистик сиёсат» юритишда айблаб, Москва НАТОга қарши урушга тайёргарлик кўраётганини билдирди.

Kolumbiyada maktab avtobusi halokatga uchradi

Губернаторнинг сўзларига кўра, ўқувчилар якшанба куни кечқурун пляжда битирув маросимини нишонлаган.

Bekobodda IIB xodimi mashinada odam o‘ldirib qo‘yib, Sirdaryoga oqizib yuborgani aytilmoqda

Бекобод туманида ИИБ Жиноят қидируви бўлими ходими Nexia-3 автомашинасида 43 ёшли пиёдани уриб юбориб, унинг ўлимига сабаб бўлган.

Tramp Vashingtonda g‘alaba arkasi qurilishini e’lon qildi — CNN

АҚШ президентининг айтишича, арка Париждагига ўхшаш кўринишда, лекин ўлчамлари “бошқа аркаларни соясида қолдирадиган” даражада улкан бўлади.

Marokashdagi kuchli suv toshqinlari 37 kishining hayotiga zomin bo‘ldi

14-декабр куни Марокашнинг Сафӣ шаҳрида кучли ёмғирлар оқибатида сув тошқинлари юз берди.

Avstraliya hukumatlari qurol to‘g‘risidagi qonunlarni kuchaytirishni rejalashtirmoqda

Австралия бош вазири Энтони Албанезе Сиднейдаги Бонди-бич соҳилида содир этилган, 15 нафар инсон ҳалок бўлган ҳужумдан сўнг мамлакатда қурол тўғрисидаги қонунларни кучайтириш таклифи билан чиқди.

Los-Anjelesda Rob Rayner uyida ikki kishi o‘lik holda topildi

Лос-Анжелесда голливудлик актёр ва режиссёр Роб Райнерга тегишли уйда бир эркак ва бир аёл ўлик ҳолда топилди, деб хабар бермоқда маҳаллий оммавий ахборот воситалари.

Rossiya Belgiyaning Euroclear kompaniyasidan muzlatilgan aktivlar uchun qariyb 230 milliard dollar talab qilmoqda

Бу ҳақда ТАСС агентлиги хабар берди, деб ёзади «Европача правда».

Sidneydagi terrorchining qo‘lidan avtomatni tortib olgan erkakning ahvoli qanday?

Бироқ шундан сўнг террорчи кўприк томонга қочиб, бошқа қуролдан яна ўқ узишни давом эттирган.

Sidneydagi otishmada ravvin halok bo‘ldi

Полиция ҳужумнинг учинчи эҳтимолий иштирокчисини ҳибсга олди