Toshkentda YPX xodimi kiyimida va niqobda bo‘lganlar savdo bo‘limi boshlig‘ini o‘g‘irlab ketishdi

A A A
Toshkentda YPX xodimi kiyimida va niqobda bo‘lganlar savdo bo‘limi boshlig‘ini o‘g‘irlab ketishdi

Boshi bir marotaba devorga urilgan kishi qayta jinoyat “ko‘cha”siga qadam bosmaydi. Biroq tanlovi yana shu “yo‘l” bo‘lganlar ham yetarlicha. Gap shundaki, 1994 yilda tug‘ilgan sudlanuvchi muqaddam “o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish”, “savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzish”, “mansab soxtakorligi” jinoyatlari bilan sudlanib, ozodlikdan mahrum qilingan. 1981 yil tug‘ilgan sudlanuvchi esa muqaddam “firibgarlik” jinoyati uchun axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlangan. Bu ikkovlonga bosh bo‘lgan – 1980 yilda tug‘ilgan cudlanuvchi to‘rtinchi jinoiy sherigi 1997 yilda tug‘ilgan sudlanuvchi bilan oldindan jinoiy til biriktirishadi...

— 1994 yilda tug‘ilgan cudlanuvchi bilan uchrashib qoldik. U “ish bor, bir shaxsni qo‘rqitib, qarz pulni undirish kerak”, dedi. 1980, 1997 yilda tug‘ilgan cudlanuvchilar bilan keyinroq uchrashdik. 1994 yilda tug‘ilgan cudlanuvchi eskiroq avtomashina sotib olishimni aytdi, tanishimdan «VAZ 2101» rusumli avtomashinani sotib oldim, uy va «Equinox» rusumli avtomashinani ham ijaraga oldik. Ikkalamiz do‘kondan elektroshoker sotib oldik. Avtomashinalar, uy, elektroshoker uchun pulni 1994 yilda tug‘ilgan cudlanuvchi berdi. To‘rt kishi bo‘lib, arxiv binosi yonida jabrlanuvchini kutib turdik, - deydi sudda aybiga to‘liq iqrorligini bildirgan 1981 yil tug‘ilgan cudlanuvchi.

Soat 09:50 da 1980 yilda tug‘ilgan cudlanuvchi boshqaruvidagi “VAZ 2101” rusumli avtomashinada o‘zlariga qulay bo‘lgan manzilga borib, avtomashinani panaroqqa joylashtirishadi. 1994 yilda tug‘ilgan cudlanuvchi o‘zida shubha uyg‘otmaslik uchun avvaldan tayyorlab qo‘yilgan YPX xodimi maxsus kiyimini kiygan holda, arxiv binosining oldida xizmat o‘tayotgan xodim sifatida harakatlanib kelayotgan fuqaro boshqaruvidagi “Volkswagen ID.4 X” rusumli avtomashinasini qo‘lida bo‘lgan maxsus miltillovchi tayoqcha yordamida to‘xtatadi. Jabrlanuvchiga avtomashinaning yukxonasini tekshirish bahonasida uni avtomashinadan tushirgan.

— MCHJda savdo bo‘lim boshlig‘i lavozimida ishlayman. Avtomashinamda ishga ketayotganimda YPX xodimi to‘xtatdi. Avtomashinamning yukxonasini ochishimni so‘radi, avtomatik ravishda ochdim. Shunda YPX xodimi avtomashinadan tushishni so‘radi. Rus tilida “plan perexvat bo‘layapti”, dedi. Tushgan vaqtimda avtomashinam orqa tarafida turgan “VAZ” avtomashinasidan qora rangli kiyim kiygan, yuzlariga niqob taqib olgan ikki nafar shaxs kelib, pistolet o‘qtalib, elektroshoker bilan qo‘rqitdi. Do‘q-po‘pisa qilgan holda avtomashinam orqa o‘rindig‘iga o‘tkazishdi, - deydi jabrlanuvchi.

Gap shundaki, ularning oldiga panada, qulay vaziyatni poylab, 1980 yilda tug‘ilgan cudlanuvchi boshqaruvidagi “VAZ 2101”da alohida vazifalarni bajaruvchi otryad xodimi sifatida avvaldan tayyorlangan maxsus kiyimni kiyib, pnevmatik pistolet, qo‘l kishani va elektroshoker bilan qurollangan holda o‘tirgan 1997 va 1981 yil tug‘ilgan sudlanuvchilar yetib kelishgan. Qo‘llaridagi pnevmatik pistolet va elektroshoker bilan fuqaroni qo‘rqitib, qo‘liga kisha taqib, ko‘zini bog‘lab, boshiga esa xalta kiygazib, uning yonida bo‘lgan 7 000 AQSh dollarini bosqinchilik yo‘li bilan qo‘lga kiritishgan.

1994 yilda tug‘ilgan cudlanuvchi fuqaroga tegishli “Volkswagen ID.4 X”ni boshqarib, orqa o‘rindiqqa ojiz ahvolda o‘tkazib, boshi egik holatda ushlab kelingan jabrlanuvchidan kelgusida ko‘proq pul mablag‘i talab qilish maqsadini ko‘zlashadi va o‘zlari oldindan ijaraga olgan “Chevrolet Equinox” rusumli avtomashina turgan joyga olib kelishgan. Jabrlanuvchini “Chevrolet Equinox”ga o‘tkazib, shu yerga yetib kelgan 1980 yilda tug‘ilgan cudlanuvchi bilan birgalikda uni oldindan ijaraga olingan xonadonga o‘g‘irlab olib borib, zo‘rlik ishlatib, qo‘l va oyoqlarini bog‘lab qo‘yishadi. 1994 yilda tug‘ilgan cudlanuvchi jabrlanuvchiga tegishli avtomashinani boshqa tumanda joylashgan ko‘p qavatli uylar oldiga tashlab ketadi.

To‘rtovlon jinoiy harakatlarini davom ettirib, o‘sha uyda jabrlanuvchidan mulkiy manfaatdor bo‘lish maqsadida, unga va uning oila a’zolariga zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitgan holda, ruhiy tushkunlikka tushishiga erishishadi.

— Ularning kiyimlari va qo‘lidagi quroliga ko‘ra huquqni muxofaza qiluvchi organ xodimlari deb o‘yladim. Shu sababli ularga qarshilik ko‘rsatmadim. Qandaydir bir xonaga olib kirishdi. Ko‘zimga o‘ralgan skotch boshimni juda qattiq siqib, kuchli og‘riq bergani sababli skotchni yechishlarini iltimos qildim. 10-15 daqiqadan so‘ng qora kiyim, niqobda va ko‘zoynak taqqan bir shaxs kelib, rus tilida 500 000 AQSh dollari berishimni talab qildi. Bunaqa pulim yo‘qligini aytsam, “bermasang barmoqlaringni bitta-bitta chopishni boshlayman, oila a’zolaringni o‘ldiraman”, deya qo‘rqitdi. Qo‘rqib, 150 000 AQSh dollar berishimni aytdim. Pulni ishxonamdagi ayol olib kelib berishini aytdim, rozi bo‘ldi. Ularni aldasam o‘sha joyning o‘zida meni o‘ldirish bilan yana qo‘rqitishdi. Tanishim pullarni olib keldi, u shubhalanmasligi uchun meni avtomashinaning old o‘rindig‘iga o‘tkazib, qo‘lim va ko‘zimni yechishdi. Qaltis harakat qilmasligimni talab qilib, orqadan pistolet tirab turishdi. Ayol avtomashina oynasidan paketdagi pullarni berdi. Avtomashinani haydab ketayotganlarida qo‘yib yuborishlarini so‘radim. Biroq avtomshina o‘tirg‘ichini oldinga tortib, suyanchig‘ini orqaga tushurishni talab qilishdi. Orqada o‘tirganlar bo‘g‘ib o‘ldirishadi, degan o‘yda avtomashina eshigini ochdim va yurib turgan avtomashinadan baqirib sakradim. Avtomashina ichida “ushla, ur, ot uni”, degan ovozlar eshitildi. Ular avtomashinadan tushmasdan harakatlanib ketishdi. O‘sha yerda bo‘lgan fuqarolardan yordam so‘rab, dastlab ukamga, keyin IIBga xabar berdim, - deydi jabrlanuvchi.

Shu kuni qurilishi tugallanmagan binoning oldida jabrlanuvchining tanishi olib kelgan 115 000 AQSh dollarini tovlamachilik yo‘li bilan egallab, pulni o‘zaro taqsimlab, voqea joyidan yashirinishgan.

— Chilonzor tumanidagi ko‘chalarning birida to‘xtadik. 1994 yilda tug‘ilgan cudlanuvchi paketdan bir pachka 10 000 AQSh dollari olib, menga berdi. U va 1997 yilda tug‘ilgan cudlanuvchi taksi to‘xtatib ketishdi. 1994 yilda tug‘ilgan cudlanuvchi bilan birga Qozog‘istonga qochib ketmoqchi bo‘lganimizda ushlashdi, - deydi 1981 yil tug‘ilgan cudlanuvchi.

SUD HUKM QILDI

Abror Saidov, jinoyat ishlari bo‘yicha Olmazor tuman sudi raisi:

— 1980 yilda tug‘ilgan cudlanuvchi JKning 137-moddasi (odam o‘g‘rilash) 2-qismining “b, v” bandlari, 28,164-moddasi (bosqinchilikda tashkilotchi) 2-qismining “a, b, v” bandlari, 165-moddasi (tovlamachilik) 3-qismining “a” bandi, 28,267-moddasi (transport vositasini olib qochishda tashkilotchi) 2-qismining “b, v” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir qilganlikda aybli deb topildi va 15 yil ozodlikdan mahrum qilidi.

Qolgan uch nafar sudlanuvchilar odam o‘g‘rilash, “bosqinchilik”, “tovlamachilik”, “transport vositasini olib qochish” jinoyatlarni sodir qilganlikda aybli deb topildi. 1997 yilda tug‘ilgan cudlanuvchiga 13 yil 6 oy, va 1981 yilda tug‘ilgan sudlanuvchiga 13 yil 9 oy, 1994 yilda tug‘ilgan cudlanuvchiga esa 14 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Sudlanuvilardan solidar tartibda jabrlanuvchi foydasiga 437 139 548 so‘m undirilishi belgilandi.

Sadoqat ALLABERGANOVA,

Toshkent shahar sudi matbuot kotibi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Mashhur aktyor o‘z kvartirasidan o‘lik holda topildi

Унинг энг эсда қоларли ролларидан бири Жим Керри ва Кэмерон Диаз билан бирга суратга тушган "Ниқоб" фильмидаги гангстер Дориан Тирелл роли эди.

FIFA Argentina terma jamoasini 2026 yilgi jahon chempionatidan chetlashtirishi mumkin

Бу ҳақда La Nacion газетаси хабар бермоқда.

DIQQAT! «Damas» va «Labo» haydovchilari ogoh bo‘ling!

Унга кўра, ўтказилган текширувлар натижасида мазкур маҳсулотларнинг сифати амалдаги стандарт талабларига жавоб бермаслиги аниқланган.

Qarshida saunada faoliyat yuritgan fohishaxona aniqlandi

Махсус тадбир пайтида у порaнинг бир қисми ва ашёвий далиллар билан ушланган.

FIFA JCH-2026 qur’asi yuzasidan O‘zbekistonga murojaat qildi

ФИФА матбуот хизмати 2026 йилги жаҳон чемпионати қуръаси натижаларидан кейин Инстаграм орқали Ўзбекистон терма жамоасига мурожаат қилди.

Messi Bollivud yulduzi Shohrux Xon bilan uchrashdi (foto)

Аргентина терма жамоаси ва "Интер Майами" юлдузи Лионель Месси Ҳиндистонга 3 кунлик ташриф билан келди.

Ming afsus! AQShdagi otishmada o‘zbek talaba halok bo‘ldi

Бу ҳақда Ташқи ишлар вазирлиги расмий вакили маълум қилиб, марҳумнинг оила аъзолари ва яқинларига чуқур ҳамдардлик билдирган.

Slot bilan mojaro yakunlanganidan keyingi dastlabki o‘yindayoq Saloh APL rekordini o‘rnatdi

"Ливерпуль" форварди Муҳаммад Салоҳ АПЛнинг 16-туридан ўрин олган "Брайтон"га қарши ўйинда бир клуб сафида энг кўп голларда иштирок этиш бўйича Англия Премьер-лигаси рекордини ўрнатди.

"Neftchi" bomba transferlar tayyorlamoqda

Суперлиганинг амалдаги чемпиони "Нефтчи" келаси мавсумда ҳам ўз олдига юқори мақсадлар қўймоқда.

O‘zbekistonlik futbolchi faoliyatini Yevropa klubida davom ettirishga yaqin

Абдуғани Камолов Қирғизистоннинг “Бишкек Сити” клубини тарк этиб, Косово чемпионати вакили билан шартнома имзолаши кутилмоқда. Бу ҳақда Asia-Sport.uz телеграм канали хабар берди.

2026 yilda oylik, stipendiya, pensiya va nafaqalar oshiriladi

Пенсия тўловларига 86,1 трлн сўм, нафақаларга 14 трлн сўмдан ортиқ маблағ ажратилиши кутилмоқда.

O‘zbekiston bo‘ylab sovuq antisiklon va inversiya uzoqroq davom etadi

Мамлакат ҳудудида кузатилаётган совуқ антициклон таъсири 5 декабрга қадар сақланиб туриши кутилмоқда. Демак, 5 декабрь кунига қадар ёмғирдан дарак йўқ.

Temur Kapadze Indoneziya terma jamoasida qancha maosh oladi?

Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Темур Кападзе Индонезия термасида иш бошлашга яқин турибди.

Fabio Kannavaro Italiya U-17 - O‘zbekiston U-17 o‘yiniga munosabat bildirdi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.

Sibirdan Orol dengiziga suv yo‘naltirilishi mumkin

Бу ташаббус “Қуруқлик сув ресурслари” бўйича илмий кенгашининг октябрь ойидаги йиғилишида кўриб чиқилган.

«Dahshatli summalar»: AQSh biznesi Rossiyaga qarshi sanksiyalar tufayli qancha yo‘qotgani ma’lum bo‘ldi

Бу ҳақда Россиядаги Америка савдо палатаси (AmCham) раҳбари Роберт Эйжи RTVI’га берган интервьюсида маълум қилди.

AQSh Ukrainaga “juda kuchli xavfsizlik kafolatlarini” va’da qildi

Ҳали муҳокама қилиниши керак бўлган баъзи масалалар мавжуд, аммо президент Доналд Трамп эришилган ютуқдан мамнун.

Ukraina Xavfsizlik xizmati ilk bor Rossiya suvosti kemasiga hujum qildi

Таъкидланишича, портлаш оқибатида сувости кемаси жиддий даражада шикастланган ва амалда сафдан чиқарилган.

Tojikiston O‘zbekistondan elektr energiya olishni boshladi

Тожикистон ташқи бозорларга фақат мамлакатнинг жануби-ғарбий қисмида Ўзбекистон энергия тизими (500 кВт «Регар-Ғузор» электр узатиш линияси) орқали чиқади.

Bekobodda piyodani urib yuborib kanalga tashlagan IIB xodimiga xotini ham yordam bergan

Бекобод шаҳар ИИБ катта тезкор вакили мast ҳолда Nexia’да пиёдани уриб кетиб, жабрланувчига ёрдам кўрсатмаган.

Namanganda 23 nafar bolaga noqonuniy diniy ta’lim bergan erkak ushlandi

У диний билимларни ижтимоий тармоқлардаги номаълум манбалардан мустақил ўрганган бўлиб, расмий диний маълумотга эга бўлмаган.

«Qirg‘iziston aeroportlari» beshta xizmatdan chiqqan samolyotni auksionga qo‘ydi

Айни пайтда ушбу самолётлар «Манас» халқаро аэропорти ҳудудида жойлашган.

Kuchli yomg‘ir G‘azodagi “Al-Shifo” shifoxonasi va ko‘chirilganlar chodirlarini suv ostida qoldirdi

Табиий офат натижасида юзлаб чодирлар вайрон бўлган.

Zelenskiy Berlindagi muzokaralardan so‘ng “tinchlik rejasi” bo‘yicha keyingi qadamlarni ochiqladi

Бу учрашув келаси ҳафтанинг охирига қадар бўлиши мумкин.

Ukraina aholisining ko‘pchiligi Donbassni Rossiyaga berishni istamaydi hamda Zelenskiyga ishonadi — Kiyev xalqaro sosiologiya instituti

Институт томонидан ўтказилган сўровнома иштирокчиларининг 72 фоизи қуйидаги шартларни ўз ичига олган тинчлик режасига рози бўлиши мумкинлигини билдирган: урушни ҳозирги фронт чизиғида “музлатиб қўйиш” ва Украина учун хавфсизлик кафолатлари — аммо оккупация қилинган ҳудудларни расман Россияники деб тан олмасдан. 14 фоиз иштирокчи бундай режани ҳам рад этган.

AQShlik mashhur rejissyor Rob Rayner va uning rafiqasi uyida o‘lik holda topildi

АҚШлик машҳур кинорежиссёр Роб Райнер ва унинг турмуш ўртоғи Мишель Райнер Лос-Анжелесдаги ўз уйида ўлик ҳолда топилди.

Germaniya TIV rahbari Rossiyani «NATOga qarshi urushga tayyorgarlik ko‘rishda» aybladi

Германия ташқи ишлар вазири Йоханн Вадефуль Россияни «агрессив ва империалистик сиёсат» юритишда айблаб, Москва НАТОга қарши урушга тайёргарлик кўраётганини билдирди.

Kolumbiyada maktab avtobusi halokatga uchradi

Губернаторнинг сўзларига кўра, ўқувчилар якшанба куни кечқурун пляжда битирув маросимини нишонлаган.

Bekobodda IIB xodimi mashinada odam o‘ldirib qo‘yib, Sirdaryoga oqizib yuborgani aytilmoqda

Бекобод туманида ИИБ Жиноят қидируви бўлими ходими Nexia-3 автомашинасида 43 ёшли пиёдани уриб юбориб, унинг ўлимига сабаб бўлган.

Tramp Vashingtonda g‘alaba arkasi qurilishini e’lon qildi — CNN

АҚШ президентининг айтишича, арка Париждагига ўхшаш кўринишда, лекин ўлчамлари “бошқа аркаларни соясида қолдирадиган” даражада улкан бўлади.

Marokashdagi kuchli suv toshqinlari 37 kishining hayotiga zomin bo‘ldi

14-декабр куни Марокашнинг Сафӣ шаҳрида кучли ёмғирлар оқибатида сув тошқинлари юз берди.

Avstraliya hukumatlari qurol to‘g‘risidagi qonunlarni kuchaytirishni rejalashtirmoqda

Австралия бош вазири Энтони Албанезе Сиднейдаги Бонди-бич соҳилида содир этилган, 15 нафар инсон ҳалок бўлган ҳужумдан сўнг мамлакатда қурол тўғрисидаги қонунларни кучайтириш таклифи билан чиқди.

Los-Anjelesda Rob Rayner uyida ikki kishi o‘lik holda topildi

Лос-Анжелесда голливудлик актёр ва режиссёр Роб Райнерга тегишли уйда бир эркак ва бир аёл ўлик ҳолда топилди, деб хабар бермоқда маҳаллий оммавий ахборот воситалари.

Rossiya Belgiyaning Euroclear kompaniyasidan muzlatilgan aktivlar uchun qariyb 230 milliard dollar talab qilmoqda

Бу ҳақда ТАСС агентлиги хабар берди, деб ёзади «Европача правда».

Sidneydagi terrorchining qo‘lidan avtomatni tortib olgan erkakning ahvoli qanday?

Бироқ шундан сўнг террорчи кўприк томонга қочиб, бошқа қуролдан яна ўқ узишни давом эттирган.

Sidneydagi otishmada ravvin halok bo‘ldi

Полиция ҳужумнинг учинчи эҳтимолий иштирокчисини ҳибсга олди

G‘allaorol va Zafarobodda kelinlik sarpolari MIB tomonidan olib berildi

Аёллар ўзларига тегишли бўлган сарполарни собиқ турмуш ўртоқларининг уйларидан олиб кетишга уринганларида қаршиликка учраганлар.

Sidneydagi otishmani uyushtirganlardan biri pokistonlik muhojirmi?

Исроил ташқи ишлар вазири Гидеон Саар Сиднейдаги теракт сабаб чуқур қайғуда эканини билдирди

Sudanda armiyani qo‘llab ommaviy namoyishlar o‘tkazildi

Суданнинг бир нечта шаҳарларида минглаб одамлар армияни қўллаб кўчаларга чиқди. Бу намойишлар, давлат органлари чақирувига биноан, мамлакатдаги ҳарбий ҳаракатларни қўллаб-қувватлаш мақсадида ташкил этилди.

BMTdagi Falastinaning doimiy vakili: Isroil etnik tozalash va hujumlarni kuchaytirishni davom ettirmoqda

Исроил фаластин халқига нисбатан «ҳужумларнинг кучайиши»ни давом эттирмоқда. Бу жараёнга ишғол қилинган Ғарбий соҳил ҳамда Ғазо секторида ерларни босиб олиш, шунингдек «этник тозалаш» сиёсати ҳам киради.