Toshkentda yagona navbatchi-dispetcherlik xizmati tashkil etiladi

Toshkentda yagona navbatchi-dispetcherlik xizmati tashkil etiladi

19 avgust kuni Toshkentda «Xavfsiz shahar» integrasiyalangan tizimni yaratish bo‘yicha investisiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida Hukumat qarori qabul qilindi, deya xabar berdi  Adliya vazirligi matbuot xizmati.

Qaror bilan Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligining «Xavfsiz shaxar» jamoat tartibiga ko‘maklashishi markazi integrasiyalangan tizimini saqlash va texnik qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha vakolatli davlat tashkiloti etib belgilandi.

Qarorga ko‘ra, loyiha doirasida Toshkent shahrida quyidagilar tashkil etiladi:

vaziyatlarni boshqarish yagona markazi;

Ma’lumotlarni qayta ishlash markazi;

favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, ichki ishlar organlari, tez tibbiy yordam va gaz tizimi shoshilinch tezkor xizmatlari bo‘yicha yagona navbatchi-dispetcherlik xizmati (112);

davlat organlari va tashkilotlarning axborot tizimlarini «Xavfsiz shahar» tizimiga majburiy integrasiyalash;

yo‘l harakati qoidalari buzilishi holatlarini foto-video qayd qilish, turar joylar va ijtimoiy ahamiyatli ob’ektlar monitoringini olib borish.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!