Toshkentda xorijiy davlatlarga ishga jo‘natishni va’da qilgan firibgarlar aniqlandi

Toshkentda xorijiy davlatlarga ishga jo‘natishni va’da qilgan firibgarlar aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bo‘stonliq tuman bo‘limi tomonidan IIV xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro S.N. va U.R.lar boshqa bir fuqaro J.ni tanishlari yordamida 1 200 AQSh dollari evaziga Polsha davlatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishga yuborishni va’da qilishib, shundan 600 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Shu kabi, Oqqo‘rg‘on tuman bo‘limi tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqarolar E.N., G.T. va boshqalar fuqarolarning ishonchiga kirib, ularni go‘yoki elchixonalardagi tanishlari yordamida xorijiy davlatlarga ishga jo‘natishni va’da qilib, G.T.ning plastik kartasiga 05.10.2021 yildan 25.05.2022 yilga qadar jami 531,7 mln so‘mni tushirishga erishib, o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganliklari aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!