Toshkentda talonchi aniqlanib, qo‘lga olindi

Toshkentda talonchi aniqlanib, qo‘lga olindi

Toshkent shahrining Chilonzor tumanida joriy yilning 5 noyabr kuni Shayxontohur tumanida yashovchi muqaddam sudlangan N.M. Botirma ko‘chasida Farg‘ona viloyatida yashovchi U.Q.ni kuch ishlatish yo‘li bilan qo‘rqitib “Artel” mobil telefonini tortib olib, voqea joyidan qochib ketgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra ko‘rilgan choralar natijasida N.M. ushlangan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!