Toshkentda qo‘lga olingan deputat 14 yoshli o‘g‘il bolani zo‘rlaganlikda ayblanmoqda
Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashiga O‘zLiDePdan saylangan deputat, shu kengashning sud-huquq va korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha komissiyasi a’zosi, Nuriddin Zaynitdinov 13 aprel kuni huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari tomonidan qo‘lga olingani haqida xabar berilgandi.
NeMolchi.uz xabariga ko‘ra, u 14 yoshli o‘g‘il bolani zo‘rlaganlikda ayblanmoqda.
Ma’lum qilinishicha, Nuriddin Zaynitdinov Jinoyat kodeksining 119-moddasi (Jinsiy ehtiyojni g‘ayritabiiy shaklda qondirish)da nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda gumonlanib hibsga olingan. Jabrlanuvchi 14 yoshli o‘smir yigit bo‘lib, uning ota-onasi jinoyat haqida ichki ishlar organlariga xabar bergan.
Huquq-tartibot idoralari deputatga ushbu modda bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilib, hibsga olinganini tasdiqlagan.