Toshkentda keraksiz chiroqlar va reklama bannerlari o‘chirilmoqda

Toshkentda keraksiz chiroqlar va reklama bannerlari o‘chirilmoqda

Energiya resurslaridan samarali foydalanish bo‘yicha takliflar taqdimoti bilan tanishish, shuningdek, kuz-qish mavsumida yoqilg‘i-energetika resurslarini tejash va iste’molchilarga bir maromda yetkazib berish yuzasidan o‘tkazilgan joriy yilning 31 oktyabr kungi Davlatimiz rahbari tomonidan o‘tkazilgan yig‘ilishda energiya resurslaridan oqilona foydalanish hamda tejash bo‘yicha bir qator vazifalarni belgilab bergandi.

Ushbu vazifalardan kelib chiqib, «Toshkent shahar elektr tarmoqlari korxonasi» AJ tomonidan ham Toshkent shahrida elektr energiyasi sarfini 10 foizga tejash bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi.

Bunga ko‘ra, jamiyat tasarrufidagi barcha tuman elektr ta’minoti korxonalari tomonidan iste’molchilarni elektr energiyasidan samarali va oqilona foydalanishlarini ta’minlash maqsadida joylarda targ‘ibot-tashviqot tadbirlari va kechki reyd tadbirlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!