Toshkentda ijara narxi arzonlashib, uylar narxi esa oshdi

Toshkentda ijara narxi arzonlashib, uylar narxi esa oshdi

Toshkentda ijara narxi arzonlashdi, uylar narxi esa o‘sdi. Bu haqda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi xabar berdi.

Qayd etilishicha, ikkilamchi uy-joy bozorida o‘rtacha narxlar bir oy ichida 4,5 foizga, poytaxtda esa 3,8 foizga oshdi. Shu bilan birga, fevral oyida Toshkentda uy-joyni ijaraga olish 2,3 foizga arzonlashdi.

Ketma-ket ikkinchi oy davomida uy-joy oldi-sotdi shartnomalari soni ortib bormoqda. Agar yanvar oyida 18 ming bitim qayd etilgan bo‘lsa, fevral oyida ularning soni 22,5 mingtaga yetdi va 24 foizga o‘sdi.

Toshkentda ijaraga beriladigan uy-joy narxlari o‘zgardi

Fevral oyida poytaxtning aksariyat tumanlarida ijaraga beriladigan uy-joy narxlarining pasayishi kuzatildi.

Shunday qilib, Toshkent shahrida ijaraning o‘rtacha narxi 1 kv.m. uchun 9,86 dollarni tashkil etib, 2023 yil yanvar oyiga nisbatan 2,3% foizga pasaydi.

Ijaraning eng yuqori narxlari poytaxtning Shayxontohur ($13,3), Yakkasaroy ($12) va Mirobod ($12) tumanlarida qayd etildi.

Ijaraning nisbatan past narxlari Uchtepa ($7,7), Sergeli ($6,8) va Bektemir ($6,6) tumanlariga to‘g‘ri keldi.

Shu bilan birga, o‘tgan yilning mos davriga kelib, Toshkent shahrida ijaraning o‘rtacha narxi 19,9 foizga oshdi.

Ikkilamchi ko‘chmas mulk bozori

Hisob-kitoblarga ko‘ra, respublikada joriy yil fevral oyida ikkilamchi uy-joy bozorida 1 kv.m. uchun uy-joy narxining o‘rtacha o‘sishi oyiga 4,5%ni tashkil etib, 2022 yil fevral oyiga nisbatan 23,1%ga o‘sdi.

Yil boshidan buyon Navoiy – 32,7%, Farg‘ona – 31,5% viloyatlarida va Toshkent - 31,5% shahrida uy – joy narxining sezilarli o‘sishi kuzatildi.

Fevral oyida Toshkent shahrining ikkilamchi bozorida narxlarning o‘sishi oyiga 3,8%ni tashkil etdi. Narxlarning eng yuqori o‘sish sur’atlari Chilonzor – 9,6%, Sergeli – 6,2% va Olmazor tumanlarida - 4,9% qayd etildi.

O‘tgan yilga nisbatan Toshkent shahrida uy-joylarning o‘rtacha narxi 31,5 foizga oshdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!