Toshkentda 4 ta mashina ishtirokida avtohalokat sodir bo‘ldi

A A A
Toshkentda 4 ta mashina ishtirokida avtohalokat sodir bo‘ldi

Toshkent shahar Uchtepa tumanida 4 ta mashina ishtirokida avtohalokat sodir bo‘ldi. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Unga ko‘ra, holat 31 may kuni soat 16:45 larda Uchtepa tumani Zargarlik ko‘chasida sodir bo‘lgan. 1994 yilda tug‘ilgan H.Y. boshqaruvida bo‘lgan Lacetti, 1976 yilda tug‘ilgan A.I. boshqaruvida bo‘lgan Cobalt, 2003 yilda tug‘ilgan F.S. boshqaruvida bo‘lgan Changan, 1993 yilda tug‘ilgan F.S. boshqaruvida bo‘lgan Spark ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

YTH oqibatida Spark rusumli avtomashina haydovchisi tan jarohat olib, shifoxonaga olib ketilgan. Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!