Toshkentda 19 yoshli "prava"si yo‘q haydovchi Nexia-3da piyodani urib yubordi

Toshkentda 19 yoshli "prava"si yo‘q haydovchi Nexia-3da piyodani urib yubordi

Joriy yilning 12 aprel kuni soat 12:30 atrofida Yunusobod tumani Yunusota ko‘chasi 14a-uy qarshisida (haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lmagan) 2005 yilda tug‘ilgan K.SH. Nexia-3 avtomashinasini boshqarib ketayotib, 1975 yilda tug‘ilgan piyoda A.R.ni urib yuborgan.

YTH natijasida piyoda olgan tan jarohatlari natijasida voqea joyida vafot etgan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB YHXB xabar berdi.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!