Toshkent viloyati “SES” bo‘lim mudirlari jinoyat ustida ushlandi

Toshkent viloyati “SES” bo‘lim mudirlari jinoyat ustida ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Shayxontohur tuman bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati Toshkent viloyati boshqarmasi bo‘lim mudiri X.F. “X.D.” xususiy korxonasiga qarashli O‘rtachirchiq tumanida joylashgan yer maydonidan olingan namunalar bo‘yicha epizotik kasalliklar mavjud emasligi to‘g‘risidagi xulosani ijobiy hal qilib berish evaziga 800 AQSh dollarini pora tariqasida olgan vaqtida ushlanib, uning ko‘rsatuvlariga asosan tadbir davom ettirilganda, boshqarmaning yuqumli kasalliklarga xulosa berishga mas’ul bo‘limi mudiri R.X. X.F.dan 400 AQSh dollarini pora tariqasida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Mazkur holat yuzasidan X.F. va R.X.larga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!