Toshkent shahridagi masjidlarda o‘g‘irlik qilib yurgan shaxs qo‘lga olinib, 6 yilga qamaldi

Toshkent shahridagi masjidlarda o‘g‘irlik qilib yurgan shaxs qo‘lga olinib, 6 yilga qamaldi

Toshkent shahar JIB Chilonzor tuman sudi tomonidan fuqaro I.O. ga nisbatan sud ishi ko‘rib chiqildi.

Fuqaro I.O Toshkentdagi “Abu-saxiy” savdo markazida joylashgan jome masjidi tahoratxonasidagi kiyim qo‘yish joyida turgan kurtkalardan birining cho‘ntagidagi 60 ming so‘m va “Samsung A24” rusumli telefon apparatini o‘g‘irlab, voqea joyini tark etgan.

Boshqa kuni esa Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf jome masjidi tahoratxonasiga kirib, “Samsung A23” telefon apparatini “qo‘lga kiritgan”.

Sud hukmiga ko‘ra, I.O. ga 6 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!