Toshkent, Nukus va viloyat markazlaridagi yirik dehqon bozorlari hamda savdo majmualariga harorat o‘lchagich qo‘yiladi

Toshkent, Nukus va viloyat markazlaridagi yirik dehqon bozorlari hamda savdo majmualariga harorat o‘lchagich qo‘yiladi

Joriy yil 6 apreldan e’tiboran «o‘zini yakkalash» hayot tarzi Nukus va Toshkent shaharlari hamda viloyatlar markazlarida majburiy ravishda joriy etiladi. Shuningdek, shu kundan boshlab bu gaharlarda mototrasnport (skuter) va velosipedlardan foydalanish karantin vaftida vaqtincha cheklanadi.

Joriy etilayotgan qoidalarga ko‘ra, Nukus va Toshkent shaharlari hamda viloyatlar markazlaridagi yirik dehqon bozorlari va savdo majmualarining (supermarket, gipermarket va boshqalar) kirish-chiqish joylari tegishli mutaxassislar bilan ta’minlagan holda pirometrlar va antiseptik vositalar bilan jihozlanadi.

Bunda ushbu majmualarga tashrif buyurayotgan har bir fuqaroning tana harorati o‘lchanadi hamda harorat 37 °S va undan yuqori bo‘lganda, mazkur fuqarolar ushbu majmualarga kiritishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Bunda ushbu fuqarolarga zudlik bilan tez tibbiy yordam xizmatiga murojaat etish tavsiya etiladi.

Shuningdek, markazlashgan holda pirometrlarni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahriga ikki kun muddatda yetkazib beriladi.

Yirik dehqon bozorlari va savdo majmualari (supermarket, gipermarket va boshqalar) hamda karantin tadbirlari uchun ajratilgan joylarda dezinfeksiya ishlari muntazam ravishda majburiy tartibda amalga oshirib boriladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!