Toshkent metrosida yana muammo «O‘zbekiston» yo‘nalishidagi metro vagonida chiroq o‘chib qoldi

Toshkent metrosida yana muammo «O‘zbekiston» yo‘nalishidagi metro vagonida chiroq o‘chib qoldi

Ijtimoiy tarmoqlarda metroning vagoni chiroqsiz harakatlangani aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan metropoliten axborot xizmati ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, «Tinchlik» metro bekatida harakatlanayotgan 34-yo‘nalishi harakat tarkibining vagon chiroqlarini elektr bilan ta’minlovchi himoya avtomati ishlab, poyezdning bitta vagonida chiroq o‘chgan.

30 soniyadan so‘ng mashinist tomonidan ikki bekatning oraliq qismida yo‘riqnomaga asosan avtomat yoqilib, chiroqlar qayta tiklangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!