Toshkent yerusti metrosi poyezdida qisqa tutashuv yuzaga keldi (VIDEO)

Toshkent yerusti metrosi poyezdida qisqa tutashuv yuzaga keldi (VIDEO)

Joriy yilning 16 iyun kuni soat 20:05 lar atrofida "Erusti halqa yo‘li" yo‘nalishining 6-va 7-bekatlari oralig‘ida joylashgan yo‘l chetidagi to‘sin tunkasining bir qismi atrofdagi kuchli shamol sababli o‘z o‘rnidan ko‘chishi natijasida harakatlanib kelayotgan harakat tarkibining tok qabul qilish moslamasiga tekkan. Natijada esa qisqa tutashuv sodir bo‘lgan.

Shundan so‘ng, mashinist harakat tarkibini to‘xtatib, harakatlanishga xavf soladigan holatlar yo‘qligini tekshirib, o‘z harakatini davom ettirgan.

Mas’ul xodimlar holat yuzasidan joyiga borib o‘rganish ishlarini olib borishdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!