Toshkent-1 Gaz taqsimlash stansiyasi faoliyatini vaqtincha to‘xtatdi

Toshkent-1 Gaz taqsimlash stansiyasi faoliyatini vaqtincha to‘xtatdi

4 oktyabr kuni Toshkent-1 Gaz taqsimlash stansiyasiga kirish quvurida tabiiy gaz sizib chiqish holati sodir bo‘ldi. Bu haqda "O‘ztransgaz" matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Ma’lum qilinishicha, soat 13.00 da aniqlangan favqulodda holatni bartaraf etish uchun stansiya faoliyatini vaqtincha to‘xtatish zarurati paydo bo‘ldi. "O‘ztransgaz" AJ Markaziy dispetcherlik departamenti bilan maslahatlashilgan holda Toshkent-1 stansiyas orqali tabiy gaz bilan ta’minlanadigan iste’molchilarga telefonogramma yuborildi. Ularning roziligi bilan quvurni ta’mirlash uchun 15 soatga stansiyani tarmoqdan ajratish chorasi ko‘rildi.

Hozirda Toshkent magistral gaz quvurlari boshqarmasining rahbariyati boshchiligidagi ishchi gurux voqea joyida bo‘lib turibdi.

Bugun ertalab soat 08:10 dan boshlangan ta’mirlash ishlari davom etmoqda. Ta’mir ishlarini bugun soat 23:00 ga qadar yakunlash ko‘zda tutilgan.

Ta’mirlash ishlari yakunlanishi bilan stansiya tabiiy gaz tarmog‘iga ulanadi.

Hozirda Toshkent magistral gaz quvurlari boshqarmasining rahbariyati boshchiligidagi ishchi gurux voqea joyida bo‘lib turibdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!