Tojikiston va O‘zbekiston yuk mashinalarining o‘z hududlari orqali tranzit o‘tishini soddalashtiradi

Tojikiston va O‘zbekiston yuk mashinalarining o‘z hududlari orqali tranzit o‘tishini soddalashtiradi


Har ikki davlat hududi orqali yuk mashinalarining tranzit o‘tishi ruxsatnoma blankalarisiz amalga oshiriladi, deb xabar bermoqda «Podrobno.uz» muxbiri.

Bu Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga tashrifi chog‘ida imzolangan bayonnomada ko‘zda tutilgan. Hujjat bilan Tojikiston va O‘zbekiston hukumatlari o‘rtasidagi 2018 yildagi xalqaro avtomobil tashuvlari to‘g‘risidagi bitimga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Tuzatishlar protokol ikki davlat tomonidan ratifikasiya qilinganidan keyin kuchga kiradi.

Bugungi kunda ikki davlat bo‘ylab har yili 1200 dan ortiq tranzit yuk tashish amalga oshirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Qozog‘iston 15 apreldan boshlab O‘zbekistondan yuk tashishni soddalashtirdi. Qo‘shni davlat chegarasini kesib o‘tish uchun ruxsatnomalar endi elektron shaklda beriladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!