Tojikiston prezidentligi uchun uchinchi nomzod kimligi ma’lum bo‘ldi

Tojikiston prezidentligi uchun uchinchi nomzod kimligi ma’lum bo‘ldi

11 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadigan Tojikiston prezidenti saylovi uchun mamlakat sosialistik partiyasi yetakchisi uchinchi bor o‘z nomzodini ilgari surdi. Bu haqda 22 avgust kuni poytaxt Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tgan Tojikiston Sosialistik partiyasi (TSP)ning saylovoldi qurultoyida ma’lum qilingan, deb xabar beradi Asia Plus.

Partiya o‘z yetakchisi, mamlakat parlamenti deputati Abduhalim G‘afforovni Tojikiston prezidentligiga nomzod sifatida ilgari surgan.

Qurultoyda chiqish qilar ekan, G‘afforov partiya o‘zining 24 yillik mavjudligi mobaynida respublikada sodir bo‘layotgan barcha siyosiy jarayonlarda ishtirok etganini ta’kidlab o‘tdi.

TSPga 1996 yilda Tojikiston parlamentining sobiq spikeri Safarali Kenjayev tomonidan asos solingan edi. U 1998 yilda o‘ldirib ketilgan.

Abduhalim G‘afforovning nomzodi 2006 va 2013 yilgi saylovlarda ham ilgari surilgan edi. O‘shanda u elektoratning 2,8 va 1,5 foiz ovozini to‘plashga muvaffaq bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, Tojikiston prezidentligiga navbatdagi saylov shu yil 11 oktyabr sanasida bo‘lib o‘tadi. Prezident 7 yilga saylanadi. 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!