Tojikiston fuqarolardan Qirg‘izistonga bormaslikni so‘radi

Tojikiston fuqarolardan Qirg‘izistonga bormaslikni so‘radi

Tojikiston Tashqi ishlar vazirligi fuqarolardan Qirg‘izistonga borish yoki Qirg‘iziston Respublikasi hududi orqali boshqa mamlakatlarga tranzit qilishdan saqlanishlarini so‘radi.

Shuningdek, Tojikiston Tashqi ishlar vazirligi transportning istalgan turi bilan yuk va yo‘lovchilar tashish bilan shug‘ullanadigan yuridik shaxslar va respublikaning yakka tartibdagi tadbirkorlaridan buning uchun Qirg‘iziston hududidan foydalanmaslikni, balki muqobil yo‘nalishlar orqali transportni amalga oshirishni tavsiya berdi.

Ushbu qaror Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 21 maydagi 12-r-sonli buyrug‘i bilan xabarnoma qabul qilinishi munosabati bilan qabul qilingan.

Avvalroq Qirg‘iziston chegara xizmati Bishkekka Dushanbedan parvoz bilan kelgan Tojikiston fuqarolarini Dushanbeda qaytarib yuborgandi.

Manas aeroporti matbuot xizmatining xabar berishicha, 25 may kuni soat 23:11da Bishkek aeroportiga Tojikistonning Somon Air aviakompaniyasi charter reysi yetib kelgan. Samolyotda 186 nafar yo‘lovchi bo‘lgan.

«Tojikiston fuqarolarining Qirg‘iziston hududiga kirish, kelish va tranzit vaqtinchalik cheklovlari tufayli Qirg‘iziston Respublikasi Chegara xizmati 177 tojikistonliklarni qabul qilishni rad etdi. Uchinchi davlatlarning 9 fuqarosi ro‘yxatdan o‘tkazildi va Bishkekda qoldi», - deyiladi xabarda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!