Tibbiy yordam so‘ragan bemor qanday huquqlarga ega? 

Tibbiy yordam so‘ragan bemor qanday huquqlarga ega? 

Bemor tibbiy yordam so‘rab murojaat qilgan va tibbiy yordam olayotgan paytda quyidagi huquqlarga ega:

? shifokorni va shifoxonani tanlash;

? sanitariya-gigiyena talablariga javob beradigan sharoitda tekshiruvdan o‘tish, davolanish va parvarish qilinish;

? o‘z iltimosiga ko‘ra boshqa mutaxassislardan maslahatlar olish;

? tibbiy yordam so‘rab murojaat qilganligi, sog‘lig‘ining holati, qo‘yilgan tashxis to‘g‘risidagi ma’lumotlar hamda uni tekshirish va davolash chog‘ida olingan boshqa ma’lumotlar sir saqlanishi;

? tibbiy aralashuvga o‘z ixtiyori bilan rozilik berish yoki uni rad etish.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!