The Express: Putinning qo‘g‘irchog‘i G‘arbga tahdid solarkan, keskinlik ortib bormoqda
Bu yoqimsiz gap 2008-2012 yillarda Rossiya prezidenti va 2012-2020 yillarda bosh vazir bo‘lgan Dmitriy Medvedevning tahdidli izohini muhokama qilish chog‘ida aytildi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putinning taniqli tarafdori ikki tomon o‘rtasida keskinlik davom etayotgan bir paytda G‘arbga dahshatli tahdid bilan chiqdi.
Yil boshida, «Vladimir Solovyov bilan oqshom» ko‘rsatuvining yaqinda bo‘lib o‘tgan qismi chog‘ida uning boshlovchisi Britaniya «radioaktiv to‘lqin ostida ko‘milishi» mumkinligini aytgan edi.
Solovyov boshchiligidagi Rossiya tok-shousida taniqli siyosiy arboblar va sharhlovchilar bilan suhbatlar o‘rin olgan.
Bu noxush so‘z Rossiya prezidenti bo‘lgan Dmitriy Medvedevning tahdidli izohini muhokama qilish chog‘ida bildirildi.
Sentyabr oyi oxirida Xalqaro biatlon ittifoqi rossiyalik sportchilarga qo‘yilgan taqiqni o‘z kuchida qoldirdi, Britaniya vakillari bu qarorni qo‘llab-quvvatladi.
Bunga javoban rossiyalik chang‘ichi Elena Vyalbe «London markaziga jiddiy bomba tashlashni» taklif qildi.
Bunga javoban Medvedev shunday dedi: «Biz muammoni ildizida hal qilishimiz va anglo-sakson itlarining la’nati orolini zudlik bilan cho‘ktirishimiz kerak».
Bu haqda o‘z ko‘rsatuvida gapirar ekan, janob Solovyov shunday dedi: «Men ertaga ingliz gazetalarini tasavvur qilyapman. Ular ajoyib bo‘ladi».
Ko‘rsatuv mehmoni, Davlat Dumasi a’zosi Andrey Gurulyov bunga javoban G‘arb Ukrainadagi harakatlari bilan Rossiyani «yo‘q qilishga» urinayotganini aytib , buni «yangi Ulug‘ Vatan urushi» deb baholadi.
Bu atama Rossiyada Sovet Ittifoqining fashistlar Germaniyasi bilan ziddiyatiga ishora qilish uchun ishlatilgan.
Janob Solovyov qo‘shimcha qildi: «Sizlar har asrda ikki marta yig‘ilasizlar va bizni yo‘q qilmoqchisizlar. Siz bunga erisha olmayapsiz, shuning uchun biz sizni yo‘q qilishimiz kerak».