Termizda kaltaklangan hamshira: so‘kishardi, haqorat qilishardi, lekin urishmagandi (video)

Termizda kaltaklangan hamshira: so‘kishardi, haqorat qilishardi, lekin urishmagandi (video)

«Yangi davr» ko‘rsatuvi ijodkorlari Termizdagi shifoxonada 5 yanvar  kuni bemor bolaning buvisi tomonidan kaltaklangan hamshira hamda uning hamkasblari bilan suhbatlashdi.

«Bemor keldi, hamshira uni ko‘rib, tana haroratini o‘lchab, mening oldimga kiritmoqchi bo‘lganida bolaning buvisi kelib hamshirani haqorat qila boshladi. Bu ham yetmagandek urib ketdi. Hamshira yiqilib tushdi. Biz ularni ajratishga urindik. Lekin ayol gapimizga quloq ham solmadi, buyoqda bola ham qolib ketdi», — deydi shifokor Norquvvat Toshpo‘latov.

Qayd etilishicha, ayni paytda ushbu holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

«Bolaning issig‘ini o‘lchasam 38,5 ekan. Otasi ko‘tarib turgan edi. Momosiga qarab, bolani siz oling, orqamdan yuring, shamcha qo‘yib, issig‘ini tushiraylik, dedim. Shundan keyin bolaning buvisi menga tashlanib ketdi. Rosa urdi, tayoq yesam ham joyimdan turdim, bolasiga birinchi yordam ko‘rsatdim.

Bunday hurmatsizlikka avval hech ham duch kelmaganman. So‘kishardi, haqorat qilishardi, lekin tayoq yemagandim. Ularning kirganiga besh daqiqa ham bo‘lmagandi. Ichkarida ikkita og‘ir kasal bor  edi», — deydi jabrlanuvchi hamshira Sabohat Bo‘riyeva.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!