Telegram 4 million rubl jarimaga tortildi

Moskvaning Tagansk tuman sudi Telegram messenjerini 4 million rubl miqdorida jarimaga tortdi. Bu haqda sud matbuot xizmati xabar berdi.
Telegram Messenger, Inc.ni Rossiya Federasiyasi Ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi kodeksining 13.41-moddasi 2-qismida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etganlikda aybdor deb topdi va 4 000 000 (to‘rt million) rubl miqdorida ma’muriy jarimaga tortildi", deyiladi xabarda.
Messenjer internetdan ma’lumotlarni o‘chira olmagani uchun jazolandi.
TASS aniqlik kiritishicha, kompaniya taqiqlangan kontentni olib tashlashdan bosh tortgan. Gap Rossiya armiyasi haqidagi ishonchsiz ma’lumotlar, shuningdek, mamlakatni beqarorlashtirish va ekstremistik faoliyatni oqlashga qaratilgan ma’lumotlar haqida bormoqda.