TBC Bank O‘zbekistonga kirishni rejalashtirmoqda

TBC Bank O‘zbekistonga kirishni rejalashtirmoqda

Gruziyaning TBC banki o‘zining Space raqamli neobanki bilan O‘zbekiston bozoriga kirishga tayyor.

Gruziyaning TBC Bank banki O‘zbekiston bozoriga kirishni rejalashtirmoqda, deya xabar qildi Euromoney moliyaviy diretori Georgiy Shagidze.

Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar Gruziya bosib o‘tgan yo‘lni eslatadi. Biz bu yo‘ldan o‘tdik hamda o‘zbek bozoriga olib kirishimiz mumkin bo‘lgan juda kuchli bilim va imkoniyatlarga ega bo‘ldik. Biz O‘zbekiston bank sektori uchun katalizator vazifasini bajara olamiz , dedi Georgiy Shagidze.

TBC Bank Gruziyadagi eng yirik banklardan biri. Georgiy Shagidzening fikricha, ichki bozorda erishilgan tajriba bankning O‘zbekistondagi raqobatda ustunlik beradi.

TBC O‘zbekistonga o‘zining o‘tgan yil yozida ishga tushirilgan mobil xizmatlarni ko‘rsatuvchi, biroq filiallarga ega bo‘lmagan Space raqamli neobankini olib kirishni rejalashtirmoqda.

Space mijozlarga turli xil bank xizmatlari, jumladan kreditlash, mahsulotlarni jamg‘arish va to‘lov kartalari xizmatlarining keng spektrini taqdim etadi.

Biroq, Georgiy Shagidzening so‘zlariga ko‘ra, Space o‘zbekcha talqinida kelgusi avlod filiallari shaklidagi jismoniy xizmat joyi mavjud bo‘ladi.

2019 yil boshida ishga tushishi kutilayotgan bank O‘zbekistonning murakkab korporativ sektoridan uzoqroq bo‘ladi hamda mijozlarga chakana bank xizmatlarini ko‘rsatish, jumladan mikro, kichik va o‘rta biznes bilan ishlashga asosiy urg‘u qaratadi. Biz juda yengil va keng miqyosli yondashuvdan foydalanamiz , dedi Georgiy Shagidze.

Nashrning qayd etishicha, TBC banki joriy yilda O‘zbekistonda o‘z filialini ochishni rejalashtirayotgan Qozog‘iston Xalq banki (Halyk Bank) bilan raqobatga kirishadi.

TBC Bank 1992 yilda tashkil etilgan. TBC ko‘rsatib kelayotgan onlayn-banking bir necha yil ketma-ket (2012 2015 yillarda) Markaziy va Sharqiy Yevropadagi eng yaxshi bank maqomiga ega bo‘ldi.

Manba: gazeta. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!